Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Pokiza ayollar

04.12.2023   970   2 min.
Pokiza ayollar

“Sizlardan vafot etib, xotinlarini qoldirgan bo'lsalar, (beva xotinlari) to'rt oyu o'n kun o'zlarini kuzatib (idda saqlab o'tiradilar)...” (Baqara surasi, 234-oyat). Iddaga oid masalalar Qur'oni karimning Taloq va Baqara suralarida batafsil bayon etilgan.

AQShlik olimlar Qur'oni karimda ayol kishi idda saqlashi lozimligi haqidagi mazkur oyatlar hikmatini tadqiq etdilar.

Unga ko'ra, agar ayol eridan ajraganidan so'ng ana shu uch oy vaqt ichida boshqa turmush qilsa, bu ayolning immunitet tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu uning tanasida

saraton o'smasini paydo qilishi mumkin ekan. Bir necha bor qayta-qayta turmush qurish esa ayollarda ko'krak va tuxumdon saratonini keltirib chiqarishi ham aniqlandi. Shuningdek, ayol kishining yaqinlikdan keyin to'liq

poklanishi ham shu uch hayz ko'rish muddatiga tengligi ma'lum bo'ldi.

Tadqiqotlar dastlab musulmonlar yashaydigan hududda, keyin esa nomusulmonlar yashaydigan hududda olib borildi. Bu jarayonda olimlar muslima bo'lmagan ayollarda bir vaqtning o'zida bir necha erkakning turli xromosomalari borligini aniqladi. Muslimalar esa Yer yuzidagi eng pok ayollar ekani ma'lum bo'ldi.

Aslida, bu jahon embriologiyasida birinchi uchragan hodisa emas. Kanadalik mashhur olim, anatomiya va embriologiya sohasi bo'yicha mutaxassis Keyt Mur: “Agar 20 yil oldin Qur'oni karimni bilganimda Nobel' mukofotini olar edim”, degan edi.

Embrionning rivojlanishini o'rgangan olimlar embrion hosil bo'lishi bir yarim ming yil oldin Qur'oni karimda qanchalik aniqlik bilan bayon etilganiga guvoh bo'ldi. Kashfiyotlar natijasini Mur yangi kitobiga jamlab, uni “Inson embriologiyasi islomiy qo'shimchalar bilan” deb atadi.

Ma'lumki, ko'plab olimlar yillar davomida tadqiq etib, echimini topgan masalalar Qur'oni karimda bayon etilganidan hayratga tushdilar.

 

Damin JUMAQUL tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   7767   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar