2021 yil 25 noyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog'istonda o'tkaziladigan “Mustaqil Qozog'iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga etib keldilar. Muftiy hazratlarini Qozog'iston muftiysi noibi Sansizbay domla Qurbonov, Chimkent bosh imom-xatibi Bakdaulet domla Abdirahmanov, Chimkent noib imomi Bekaidar Kimbatovlar kutib olishdi.
Bugun kunning birinchi yarmida Muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog'iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy, Navro'zbay hoji Tag'anuli janoblari bilan o'zaro muloqot o'tkazishlari reja qilingan. Kunning ikkinchi yarmida esa Nur-Sulton shahrida joylashgan “Rixos President” mehmonxonasida “Mustaqil Qozog'iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok etib, nutq so'zlashlari kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu nufuzli tadbirda Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin, Rossiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Shayx-ul Islom, muftiy Talgat Safo Tajuddin, Qirg'iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev, Tojikiston islom markazi raisi, muftiy Saidmukarram Abduqodirzoda hazratlari, Mo'g'iliston musulmon tashkilotlari ittifoqi raisi Hadis Botirbek hoji, Qozog'istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rektori Muhammad ash-Shahhat al-Jindiy singari Islom olamining martabali ulamolari, muftiylari, ekspertlari va mahalliy yirik din peshvolari qatnashishi ko'zda tutilgan.
Halqaro anjuman faoliyatini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muslim.uz #Halqaro_anjuman #Muftiy
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan