Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Mart, 2026   |   7 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:15
Peshin
12:33
Asr
16:52
Shom
18:46
Xufton
19:59
Bismillah
27 Mart, 2026, 7 Shavvol, 1447

Mehr ko'zda, ma'rifat esa...

24.11.2021   2787   1 min.
Mehr ko'zda, ma'rifat esa...

Halqimizda: “Mehr – ko'zda”, degan naql bor. Darhaqiqat, tez-tez ko'rishib turgan kishilar oqibatli bo'lishadi. Ana shu ko'rishuv ilm majlislariga aylanib ketsa-chi?.. Tadbir ishtirokchilari ma'rifatli bo'lishadi.

Ulamolarimizning tashriflari namozxonlar o'rtasida ham mehrni, ham ma'rifatni yuksaltiryapti. Misol uchun, bugun O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohim domla Inomov xufton namoziga Toshkent tumani “G'ishtko'prik” jomesiga borib, namozni jamoat bilan ado etgach, odamlarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytardilar.

Shuningdek, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur domla Raupov tumandagi “Zunnurayn” jomesida suhbat qilib berdilar.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov “Mirxalil hoji ota”ga, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o'rinbosari Zaynilobiddin domla Qudratov “Hasan ibn Sobit”ga, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq “Hasanboy ota”ga borishib, ma'ruzalar qilib berishdi.

Toshkent tumanidagi “Dorussalom”, “Eshonbuva”, “Ramadon”, “Hamd” jomelari ham xufton namozida fazyga to'ldi. 

Qibray tumanidagi “O'nqo'rg'on”, “Baytqo'rg'on”, Zangiota tumanidagi “Umir”, “Eshonguzar”, Yangiyo'l shahridagi “Oltinobod” masjidlari namozxonlari ulamolarning suhbatlaridan bahra olishdi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Juma salomi: 112 - Giyohvandlik og‘ir gunoh

27.03.2026   26   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Imron Xolmirzayev, 
TII O‘quv kurslari bo‘limi xodimi.

Videolavhalar