Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri 2030 yilgi Butunjahon ko'rgazmasini o'tkazish uchun tanlandi, deb xabar berdi Al-Arabiya telekanali.
Tadbir tashkilotchisi – Halqaro ko'rgazmalar byurosi Parijda ovoz berishda 119 davlat vakillari Ar-Riyodni yoqlab ovoz berdi, uning raqiblari Seul va Rim esa mos ravishda 29 ta va 17 ta ovoz oldi.
SAP tashqi ishlari vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon o'z mamlakati nomzodini qo'llab-quvvatlagan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.
Saudiya Arabistoni o'z salohiyatini butun dunyoga namoyish etish va turizm, biznes va sarmoyani o'ziga jalb etish maqsadida “World Expo 2030” va boshqa jahonga mashhur xalqaro tadbirlarni o'tkazishga erishish uchun ko'p mehnat qildi.
Avvalgi Butunjahon ko'rgazmasi 2021 – 22 yillarda Dubayda bo'lib o'tgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.
Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!
«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi