Namozga kirishda qo'llar quloq barobarigacha ko'tarilib, qo'lning bosh barmog'i quloqning yumshog'iga etkaziladi va takbiri tahrima – “Allohu akbar” lafzini aytib namozga kiriladi.
Qo'llar ko'tarilganda kaftning ichki tomoni Qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo'ladi. Namozga kirishda qo'llar quloq barobarigacha ko'tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan bo'lib, quyida ulardan ba'zilarini keltiramiz:
Voil ibn Hujr roziyallohu anhu: “MenNabiysollallohualayhivasallamninamozgakirishdatakbiraytib, qo'llariniko'tarib, quloqlaribarobarigako'targanlariniko'rdim”, dedilar (ImomMuslimrivoyati).
Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasulullohsollallohualayhivasallamqachon(namozgakirishuchun) takbiraytsalar, ikkiqo'llariniquloqlaribarobarigako'tararedilar” (ImomMuslimrivoyati).
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: “Rasulullohsollallohualayhivasallamnamozgakirishdatakbiraytib, ikkiboshbarmoqlariniquloqlaribarobarigachako'tararedilar” (ImomHokim,ImomDoraqutniyrivoyati).
Ulamolarimiz: “Hadislardakelgan “qo'lniquloqbarobarigako'tarish”danmaqsad – uniquloqqatekkizishdir,chunkiquloqningyumshog'igaqo'ltegishiqo'lningquloqbarobarigako'tarilganininganiqbelgisidir”, deganlar.
Bu haqda “Al Bahrur-roiq sharhi kanzud-daqoiq” kitobida quyidagilar aytilgan: “Hadisdagi tenglashtirishdan maqsad – ikki qo'lni quloqlarga tenglashganiga ishonch hosil qilish uchun ikki bosh barmoqni quloqlarning yumshoq joyiga tekkiziladi”.
Namozga kirishda ikki qo'lni quloq yumshog'iga tekkizish haqida “Durrul Muxtor” kitobida quyidagilar aytiladi:
“Ikki bosh barmoqni qulog'larning yumshoq joyiga tekkizgan holatda takbir aytish – hadislardagi tenglashtirishdan ko'zda tutilgan narsa shudir. Chunki busiz tenglashganiga ishonch hosil bo'lmaydi”.
Demak, namozga kirishda takbiri tahrima aytiladi va unda qo'llar quloq barobaricha ko'tariladi. Bu hanafiy mazhabimiz ulamolarining ijtihodlari bo'lib, bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko'plab sahih hadislar rivoyat qilingan.
Payg'ambar alayhissalom namozga kirishda muborak qo'llarini elkalari barobarigacha ko'targanlariga dalolat qiladigan hadislarni mukammal o'rgangan ulamolarimiz bu masalada quyidagicha xulosa qilganlar:
Sovuqda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qo'llari kiyimlari ichida bo'lgani va u qalin kiyimning engi bo'lmagani sababli namozga kirishda qo'llarini elka barobarigacha ko'targanlar.
Tabiiyki, bunday holatda qo'l elkadan tepaga ko'tarilmaydi. Sovuq bo'lmagan paytlarda Payg'ambar alayhissalomning qo'llari kiyimlarining ichida bo'lmagani uchun namozga kirishda qo'llarini quloqlari barobarigacha ko'targanlar. Bunga mashhur sahobiy Voil ibn Hujrning quyidagi rivoyatlari dalolat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borga – nimda u zotni ikki qo'llarini quloqlari barobariga ko'targan holda takbir aytganlarini ko'rdim. Keyingi yil borganimda esa ular (Payg'ambarimiz va sahobalar)ning ustilarida (qalin) kiyimlari bor edi. (Ular namozga kirishda) qo'llarini ko'krak barobarigacha ko'tardilar” (Imom Tahoviy rivoyati).
Mashhur muhaddis Imom Abu Ja'far Tahoviy rahmatullohi alayh mazkur hadisdan quyidagi xulosani chiqarganlar: “Demak, Voil ibn Hujr roziyallohu anhuning (Payg'ambarimiz va sahobalar namozga kirishda) qo'llarini elkalarigacha ko'tarar edilar degan hadislari qo'llari kiyimlari ichida bo'lgan paytga tegishlidir. Ammo (Payg'ambarimiz va sahobalar namozga kirishda) qo'llarini quloqlarigacha ko'tardilar, degan hadislari qo'llari kiyimlari ichida bo'lmagan paytga tegishlidir.
Shunday ekan, biz hanafiylar takbiri tahrimada qo'l ko'tarish haqidagi Voil ibn Hujr roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadislarini barchasiga amal qilamiz: Sovuq sababli qo'llar kiyim ichida bo'lgan paytda qo'lni ko'tarish mumkin bo'ladigan joygacha ko'taramiz. U ham bo'lsa elka barobaridir. Agar qo'llar kiyim ichida bo'lmasa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o'xshab qo'llarimizni quloqqacha ko'taramiz” (“Sharh maoni-l-osor” kitobi).
Ma'lumki, hozirgi kunda qo'llar kiyim ichida bo'lmaydi, sababi barcha kiyimlarning engi bor. Demak, hozirgi paytda namozga kirishguvchi kishi qo'llarini qulog'i barobarigacha ko'taradi.
Takbiri tahrima (Allohu akbar)ni aytgandan so'ng dunyoviy narsalar haqida fikrlash, gaplashish va turli harakatlar qilish mumkin emas.
“Sunnatga muvofiq namoz o'qing” kitobidan olindi.
Kuvayt universiteti Til markazi direktori, doktor Holid Al-Fadli mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– Mustaqillikning 35 yillik bayrami munosabati bilan yaqin do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqini chin dildan samimiy muborakbod etaman. O‘zbekistonlik barcha birodarlarimizga yuksak taraqqiyot, farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Biz O‘zbekiston bilan azaldan mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va samimiy mehr-oqibat rishtalariga egamiz. Ushbu muborak zamindan ko‘plab buyuk va mashhur islom ulamolari yetishib chiqqan. Bu bebaho ilmiy va ma’naviy meros nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun ulkan boylik hisoblanadi.
Kuvayt universiteti va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin va samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganidan mamnunmiz. Ko‘p yillardan buyon o‘zbekistonlik talabalar yurtimizda, xususan, Kuvayt universitetida arab tili va madaniyatimiz bo‘yicha o‘z bilimini oshirib kelmoqda. Ular bir o‘quv yili davomida, ya’ni uch semestr mobaynida arab tilini puxta o‘rganish bilan birga, Kuvayt madaniyati, tarixi va jamiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.
O‘zbek talabalari bilan muloqotlar davomida ularning ta’lim va ilmga juda katta qiziqish hamda ishtiyoq bilan yondashishiga alohida e’tibor qaratdim. Ular nafaqat arab tilini o‘rganish, balki boshqa xalqning madaniyati, san’ati, iqtisodiyoti va rivojlanish tendensiyalarini chuqur anglashga intilayotgani quvonarli.
Arablar va o‘zbek xalqi o‘rtasida asrlar davomida shakllangan chuqur tarixiy, ilmiy va ma’naviy aloqalar mavjud. Men ushbu do‘stona va qardoshlik rishtalari kelgusida yanada mustahkamlanib, yangi mazmun bilan boyishini istayman. Bu borada xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuvaytdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan bildirilayotgan tashabbus va takliflarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amalga oshirishga yanada katta e’tibor qaratish zarur. Biz ham ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdormiz.
Yana bir bor, qardosh O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yillik qutlug‘ bayrami bilan qutlayman. Alloh taolo qardosh O‘zbekiston diyoriga tinchlik-xotirjamlik, farovonlik, taraqqiyot va ulkan muvaffaqiyatlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati