Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Mart, 2026   |   1 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:07
Quyosh
06:25
Peshin
12:35
Asr
16:47
Shom
18:40
Xufton
19:52
Bismillah
21 Mart, 2026, 1 Shavvol, 1447

Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

23.11.2021   1553   3 min.
Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

Bugun, 23 noyabr' kuni yurtimizning bir guruh taniqli ulamolari Toshkent viloyati masjidlariga tashrif buyurib, peshin va xufton namozlarini jamoat bilan birga ado etib, mo'min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilib berishadi.

Quyida ulamolar peshin va xufton namozlariga boradigan masjidlar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Yangiyo'l tumani

Ibrohim domla Inomov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari — “Eski qovunchi” masjidiga peshinga;

Yahyo domla Abdurahmonov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari — “Tavhid” masjidiga peshinga;

Salohiddin domla Toshanov, Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi — “Usmon Zinnurayn” masjidiga peshinga;

Muhammadrahim domla Abduqodirov, Toshkent shahar “Dorussalom” masjidi imom-xatibi — “Said ibn Zayd” masjidiga peshinga;

Yo'ldoshali domla Karimov, Toshkent shahar “Islom ota” masjidi imom-xatibi — “Sultonxon eshon o'g'li Murodxon” masjidiga xuftonga;

Abdullajon domla G'ulomov, Toshkent shahar “Ko'kcha oqtepa” masjidi imom-xatibi — “Keskan” masjidiga xuftonga;

Mirvohid domla Mirjalilov, Zangiota tumani “Andalus” jome masjidi imom-xatibi — “Halqobod” masjidiga peshinga va “Honto'ra hoji” masjidiga xuftonga;

Ashurmat domla Abduqodirov, Toshkent tumani “Zunnurayn” jome masjidi imom-xatibi — “Huzayfa” masjidiga peshinga va “Zayd ibn Sobit” jomesiga xuftonga;

Zangiota tumani

Jasur domla Raupov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi — “Fath” masjidiga peshinga va “Abu Bakr Siddiq” jomesiga xuftonga;

Muhammadbobur domla Yo'ldoshev, Toshkent shahar “Mahkam ota” masjidi imom-xatibi — “Nurul Islom” masjidiga peshinga va “Zangiota” jomesiga xuftonga;

Ilyos domla Shokirov, Zangiota tumani bosh imom-xatibi — “Sadr ota” masjidiga peshinga va “Salmoni Forsiy” masjidiga xuftonga;

Qibray tumani

Abduqahhor domla Yunusov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari — “Masharib ota” masjidiga peshinga;

Mirodil domla Mirjalilov, Toshkent viloyat bosh imom-xatibi o'rinbosari — “Dadamuhammad hoji Firdavs” masjidiga peshinga va “Zayniddin hoji ota” jomesiga xuftonga;

Ismoil domla Muhammad Sodiq, Toshkent shahar “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi — “Sa'dulla ota” masjidiga xuftonga;

Obid domla Mirhamidov, Chirchiq shahar “Markaziy” jome masjidi imom-xatibi — “Ar-Rohman” masjidiga peshinga va “Abdurahmon ibn Avf” jomesiga xufton namoziga borishi ko'zda tutilgan.

Alloh taolo ulamolarimizning suhbatini manfaatli va davomli qilsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

19.03.2026   13430   1 min.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Ziyoratgohning qoq markazida buyuk hadisshunos bobomizning tabarruk maqbarasi o‘rin olgan. 

Davlatimiz rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. 

– Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulug‘ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi.

El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar bo‘ldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari.

 

O'zbekiston yangiliklari