Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

22.11.2021   1647   3 min.
Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

Bugun, 22 noyabr' kuni yurtimizning bir guruh taniqli ulamolari Toshkent viloyati masjidlariga tashrif buyurib, peshin va xufton namozlarini jamoat bilan birga ado etgandan so'ng mo'min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilib berishadi.

Quyida ulamolar peshin va xufton namozlariga boradigan masjidlar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Toshkent tumanidagi “Abdulloh ibn Abbos” masjidiga peshinga, tumandagi “G'ishtko'prik” jomesiga xuftonga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov;

Toshkent tumanidagi “Ayriota” masjidiga peshinga, tumandagi “Zunnurayn” jomesiga xuftonga Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur domla Raupov;

Toshkent tumanidagi “Rahim ota” masjidiga peshinga, tumandagi “Mirhalil hoji ota” jomesiga xuftonga “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov;

Qibray tumanidagi “Dorul Islom” masjidiga peshinga, tumandagi “O'nqo'rg'on” jomesiga xuftonga Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov;

Yangiyo'l tumanidagi “Badr hoji” masjidiga peshinga, tumandagi "Gulbog'" jomesiga xuftonga Toshkent viloyat bosh imom-xatibi o'rinbosari Mirodil domla Mirjalilov;

Toshkent tumanidagi “Hamd” masjidiga peshinga, tumandagi “Hasan ibn Sobit” jomesiga xuftonga Toshkent viloyat bosh imom-xatibi o'rinbosari Zaynilobiddin domla Qudratov;

Qibray tumanidagi “Do'rmon” masjidiga peshinga, tumandagi “Baytqo'rg'on” jomesiga xuftonga Toshkent shahridagi “Mahkam ota” masjidi imom-xatibi Muhammadbobur Yo'ldoshev;

Toshkent tumanidagi “Hasanboy ota” masjidiga xuftonga Toshkent shahar “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq;

Toshkent tumanidagi “Hoji ota” masjidiga peshinga, tumandagi “Holmuhammad ota” jomesiga xuftonga Toshkent shahar “Dorussalom” masjidi imom-xatibi Muhammadrahim domla Abduqodirov;

Toshkent tumanidagi “Chuvalachi” masjidiga peshinga, tumandagi “Eshonbuva” jomesiga Toshkent shahar “Islom ota” masjidi imom-xatibi Yo'ldoshali domla Karimov;

Toshkent tumanidagi "Eshonxo'ja ota" masjidiga peshinga, tumandagi "Ramadon" jomesiga Toshkent shahar “Ko'kcha oqtepa” masjidi imom-xatibi Abdullajon domla G'ulomov;

Zangiota tumanidagi “Salmoni Forsiy” masjidiga peshinga, tumandagi “Umir” masjidiga xuftonga Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Toshanov;

Yangiyo'l shahridagi “Jome” masjidiga peshinga, shahardagi “Oltinobod” jomesiga xuftonga Zangiota tumani “Abu Bakr Siddiq” jome masjidi imom-xatibi Nurali domla Mavlanov;

Toshkent tumanidagi “Rahbar ota Akbar o'g'li” masjidiga peshinga, tumandagi “Hazrati Bilol” jomesiga Chirchiq shahar “Markaziy” jome masjidi imom-xatibi Obid domla Mirhamidov;

Zangiota tumanidagi “Ammor ibn Yosir” masjidiga peshinga, tumandagi “Eshonguzar” jomesiga xuftonga Piskent tumani Sobirxon ota jome masjidi imom xatibi Sunnatilla domla Ernazarov.

Alloh taolo ulamolarimizning suhbatini manfaatli va davomli qilsin!

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   4470   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA