Buxoro viloyati “Chor Bakr” jome masjidi imom xatibi Inoyatov Azizxo'ja Hayrulloyevichning falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to'g'risida
Shu yil 30 noyabr' kuni soat 14:00 da O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashning majlisida tadqiqotchi Inoyatov Azizxo'ja Hayrulloyevichning “Imom Buxoriyning “al-Jome' as-Sahih” asaridagi tafsir ilmiga oid qarashlari” mavzusidagi 24.00.02 – Qur'onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) himoyasi onlayn/offlayn bo'lib o'tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, A bino, 2-qavat, 209 xona.
Tel.: (99871) 244 00 56, Faks: (99871) 244 00 65,
e-mail: info@iiau.uz
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vazir muloqot avvalida O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlarning Islom tamadduniga hissa qo‘shgan hissasini, mamlakat tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yosh kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Xorazmiy, Farobiy, Zamaxshariy kabi Islom olamida yuksak obro‘-e’tibor topgan olimlarning merosi dunyo musulmonlarining umumiy boyligidir.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun Islom ummatiga xizmat qilmoqda. Bahrayn Islom merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor", – dedi adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Bahrayn delegatsiyani ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki mamlakat ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida adliya, Islom ishlari va vaqf sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy-amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida mas’ul xodim tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati