«Grinpis» tashkilotining yangi hisobotida aytilishicha, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Yevropadagi 10 ta yirik masjidlarda quyosh panellarini o'rnatish har yili minglab tonnagacha karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga olib kelishi mumkin.
«Grinpis» hisobotida eng yirik masjidlarda, jumladan, Makkadagi Masjid al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidida quyosh energetikasini joriy etishning texnik tomoni batafsil tahlil qilingan.
Ekologlar Glazgo Markaziy masjidi va Damashqdagi Ummaviylar masjidiga quyosh panellarini o'rnatishning potentsial ta'sirini ham tahlil qildilar.
The National News xabariga ko'ra, Nabaviy masjidiga quyosh panellarini o'rnatish uchun sarf-xarajatlarni tejash yiliga 375 000 dollarni tashkil etadi va Damashq masjidi uchun yiliga 373 000 dollardan oshadi.
Quyosh energetikasiga o'tish natijasida Nabaviy masjidi o'z atmosferaga tashlamalarini yiliga 3 199 tonna karbonat angidridiga kamaytiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aslida quyosh panellarini o'rnatish arzon narsa emas, xususan, Nabaviy masjidi uchun quyosh energetikasiga o'tish qiymati 3,1 mln dollarni tashkil qiladi, ya'ni bu 8 yil ichida masjid uchun ketgan sarfini qoplab beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Amudaryo tumanining Choyko‘l xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari, iymon-e’tiqodi va o‘zaro jipsligining timsoli sifatida azaldan ahillik va bunyodkorlikni shior qilgan ovul ahlining xolis niyatlari va fidokorona mehnati mevasi o‘laroq "No‘g‘ay Eshon bobo" jome masjidining muhtasham yangi binosi qad rostladi. Hashar yo‘li bilan barpo etilgan ushbu maskanning tantanali ochilish marosimi nafaqat hudud ahli, balki butun tuman jamoatchiligi uchun chinakam ma’naviyat bayramiga aylandi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Alisher Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov hamda sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Qoraqalpog‘iston musulmonlar qoziyoti
Matbuot xizmati