«Grinpis» tashkilotining yangi hisobotida aytilishicha, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Yevropadagi 10 ta yirik masjidlarda quyosh panellarini o'rnatish har yili minglab tonnagacha karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga olib kelishi mumkin.
«Grinpis» hisobotida eng yirik masjidlarda, jumladan, Makkadagi Masjid al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidida quyosh energetikasini joriy etishning texnik tomoni batafsil tahlil qilingan.
Ekologlar Glazgo Markaziy masjidi va Damashqdagi Ummaviylar masjidiga quyosh panellarini o'rnatishning potentsial ta'sirini ham tahlil qildilar.
The National News xabariga ko'ra, Nabaviy masjidiga quyosh panellarini o'rnatish uchun sarf-xarajatlarni tejash yiliga 375 000 dollarni tashkil etadi va Damashq masjidi uchun yiliga 373 000 dollardan oshadi.
Quyosh energetikasiga o'tish natijasida Nabaviy masjidi o'z atmosferaga tashlamalarini yiliga 3 199 tonna karbonat angidridiga kamaytiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aslida quyosh panellarini o'rnatish arzon narsa emas, xususan, Nabaviy masjidi uchun quyosh energetikasiga o'tish qiymati 3,1 mln dollarni tashkil qiladi, ya'ni bu 8 yil ichida masjid uchun ketgan sarfini qoplab beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).