Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2026   |   18 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:44
Bismillah
03 Iyul, 2026, 18 Muharram, 1448

Masjid – poklik maskani

21.11.2021   1539   1 min.
Masjid – poklik maskani

Ayni kunlarda nafaqat yurtimizning taniqli ulamolari Toshkent viloyatidagi masjidlarga tashrif buyurishib, o'zlarining go'zal mav'izalari bilan namozxonlarni yaxshilikka chaqirmoqda, shu bilan birga, mo'min-musulmonlar ham olimlarimizni hayratga solishyapti.

Hufton namoziga Zangiota tumanidagi “Imomi A'zam” jomesiga kelgan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov kunning so'nggi namozini jamoat bilan ado etgach, ma'ruzadan keyin yoshi ulug' bir otaxonning qilgan ajoyib ishidan hayratlanganini gapirib berdilar.

–  Masjidga kirayotsam, – deydi Ibrohimjon domla, – 85 yoshlar chamasi bir otaxon hassasining uchini dastro'moli bilan artib, so'ngra Allohning uyiga qadam bosdi. Yurtimiz bo'ylab turli hududlarga boramiz, lekin bunday holatlar kam kuzatiladi. Chunki qalbi pok odam masjidni ham toza, ozoda saqlaydi. Tabarruk yoshli otaxonning bu go'zal xatti-harakati barchamizga ibrat bo'lishi kerak. Halkimizning taqvosi –- Hudodan qo'rqish fazilati eng oliy va beqiyos darajada. Bu tahsinga sazovor, albatta. Ana shunday jamoani shakllantirgan masjid imom-xatibi va xodimlariga tashakkur izhor qilaman.

Darhaqiqat, masjid Allohning uyi. Bu tabarruk maskanda avvalo surat va siyrat go'zal bo'lishi kerak. Shundagina ibodatlarimiz mukammal bo'ladi.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kechirim so‘rashga kechikmang

02.07.2026   3228   1 min.
Kechirim so‘rashga kechikmang

Ba’zan ayb o‘zimizdan o‘tsa-da, kechirim so‘rashga shoshilmaymiz. Xo‘sh, bizni borimizcha suygan, ardoqlagan insonlar bilan arzimas mayda-chuydalar, jilovlanmagan hissiyotlar va soxta g‘urur tufayli devorlar qurayotganimizda, aslida kim g‘olib bo‘ladi?..


Hayot bizga uzoq bir safardek tuyuladi, ammo u aslida juda qisqa. Bugun kimgadir zahringizni sochayotgan, jahl otiga minayotgan bo‘lsangiz, bir lahza to‘xtang... Ertaga o‘sha insonni bag‘ringizga bosish, ovozini eshitish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘lib qolishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring.


Vaqt — shafqatsiz hakam. Yillar biz o‘ylagandan ham shiddat bilan uchib o‘tadi. Ko‘zni ochib yumguncha bolalarimiz ulg‘ayganini, sochlariga oq oralagan ota-onamizning yanada cho‘kib, keksayib qolganlarini sezmay qolamiz. Va bir kuni... atrofimizni faqat sovuq va sukunat qoplagandagina kech anglaymiz.


Gohida telefoningizga kelgan o‘sha oddiy xabar haqiqatan ham eng oxirgisi bo‘ladi. Gohida «keyin gaplashamiz» deya aytilgan so‘zdan so‘ng, o‘sha «keyin» hech qachon kelmaydi.


Yoningizdagi insonlarning tirikligida, nafas olib turganida qadriga yeting. Ko‘ksingizni to‘ldirib turgan soxta g‘ururni yengib, birinchi bo‘lib qadam tashlang: «Kel, urushmaylik, sen men uchun azizsan», deyishga kuch toping. Chunki bu dunyoda haq bo‘lib chiqishdan ko‘ra armonlarsiz, baxtli yashash muhimroqdir.

Akbarshoh RASULOV

Maqolalar