Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

20.11.2021   1790   3 min.
Taniqli ulamolarning Toshkent viloyati masjidlariga bugungi tashrif rejasi

Bugun, 20 noyabr' kuni yurtimizning bir guruh taniqli ulamolari Toshkent viloyati masjidlariga tashrif buyurib, peshin va xufton namozlarini jamoat bilan birga ado etgandan so'ng mo'min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilib berishadi.

Quyida ulamolar peshin va xufton namozlariga boradigan masjidlar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Zangiota tumanidagi “Imom al-Buxoriy” masjidiga peshinga, tumandagi “Imom A'zam” jomesiga xuftonga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov;

Zangiota tumanidagi “Nuril Islom” masjidiga peshinga, tumandagi “Sadr ota” jomesiga xuftonga Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur domla Raupov;

Qibray tumanidagi “Dorul Islom” masjidiga peshinga, tumandagi “O'nqo'rg'on” jomesiga xuftonga “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov;

Zangiota tumanidagi “Ittifoq” masjidiga peshinga, tumandagi “Mir Abdulloh eshon” jomesiga xuftonga O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Abror domla Muxtor Aliy;

Qibray tumanidagi “Darvesh buva” masjidiga peshinga, tumandagi “To'qay tepa” jomesiga xuftonga Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov;

Qibray tumanidagi “Masharib ota” masjidiga peshinga, tumandagi “Hoji Turob o'g'li hoji Abdulla” jomesiga xuftonga Toshkent viloyat bosh imom-xatibi o'rinbosari Mirodil domla Mirjalilov;

Qibray tumanidagi “O'tkir” masjidiga peshinga, tumandagi “Ar-Rahmon” jomesiga xuftonga Toshkent viloyat bosh imom-xatibi o'rinbosari Zaynilobiddin domla Qudratov;

Zangiota tumanidagi “Salmoni Forsiy” masjidiga peshinga, tumandagi “Umir” jomesiga Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani bosh imom-xatibi Akbarali domla Mamatov;

Qibray tumanidagi “Do'rmon” masjidiga peshinga, tumandagi “Baytqo'rg'on” jomesiga xuftonga Toshkent shahridagi “Mahkam ota” masjidi imom-xatibi Muhammadbobur Yo'ldoshev;

Qibray tumanidagi “Abdurahmon ibn Avf” masjidiga peshinga, tumandagi “Ho'jaqo'rg'on” jomesiga xuftonga Toshkent shahar “Dorussalom” masjidi imom-xatibi Muhammadrahim domla Abduqodirov;

Qibray tumanidagi “Dadamuhammad hoji Firdavs” masjidiga peshinga, tumandagi “Zayniddin hoji ota” jomesiga Toshkent shahar “Islom ota” masjidi imom-xatibi Yo'ldoshali domla Karimov;

Zangiota tumanidagi “Fath” masjidiga peshinga, tumandagi “Abdujalilbob” jomesiga xuftonga Toshkent shahar “Rakat” masjidi imom-xatibi Robbimqul domla Muhammadiyev;

Zangiota tumanidagi “Abdullo ibn Ravoxa” masjidiga peshinga, tumandagi “Abu Bakr Siddik” jomesiga Toshkent shahar “Ko'kcha oqtepa” masjidi imom-xatibi Abdullajon domla G'ulomov;

Zangiota tumanidagi “Al-Imon” masjidiga peshinga, tumandagi “Amir Hamza ibn Abdumutalib” jomesiga xuftonga Zangiota tumani “Abu Bakr Siddiq” jome masjidi imom-xatibi Nurali domla Mavlanov;

Zangiota tumanidagi “Anas ibn Malik” masjidiga peshinga, tumandagi “Andalus” jomesiga Chirchiq shahar “Markaziy” jome masjidi imom-xatibi Obid domla Mirhamidov;

Zangiota tumanidagi “Mo'min hoji ota” masjidiga peshinga, tumandagi “Botir” jomesiga xuftonga Piskent tumani Sobirxon ota jome masjidi imom xatibi Sunnatilla domla Ernazarov.

Alloh taolo ulamolarimizning suhbatini manfaatli va davomli qilsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Umayma binti Xalaf - sabr va iymon timsoli

16.05.2025   4566   3 min.
Umayma binti Xalaf - sabr va iymon timsoli

Islom da’vati Makkada boshlangan davrlarda, Umayma binti Xalaf ibn As’ad ibn O’mir ibn Bayoza’ al-Xuzoiyya — iymon nurini qalbida tuygan ilk ayollardan biri edi. Uning qalbi iymonga ochiq, haqiqatni e’tirof qilishga tayyor edi. Turmush o‘rtog‘i – Xolid ibn Said ibn Os bir kecha ajib tush ko‘radi: o‘zini ulkan va dahshatli olov chetida turganini, otasi uni o‘sha olovga tashlayotganini ko‘radi, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa uni ushlab, olovdan qutqarayotgan ekan.

Uyg‘onib, bu tushni Abu Bakr roziyallohu anhuga aytdi. U kishi unga: “Bu yaxshilikning alomati. Sen Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergash, u seni jahannamdan qutqaradi”, dedilar. Xolid shunda Islomni qabul qildi va bu haqda rafiqasi Umaymaga aytdi. U ham, hech ikkillanmasdan, Islomni qabul qildi. Shu tariqa ular birinchi musulmon juftliklardan biriga aylandi.

Xolidning otasi uning musulmon bo‘lganini eshitgach, jahl qilib, uni chaqirtirdi. Uni haqoratladi, kaltakladi va uydan haydadi. “Men seni taom bilan ta’minlamayman!” dedi. Xolid esa qat’iyat bilan: “Agar siz bermasangiz, Robbim menga rizq beradi” – deb javob berdi. Shu zahoti uydan haydaldi va borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonida bo‘ldi.

Umayma turmush o‘rtog‘iga sodiqlik bilan yordamchi bo‘ldi. U zulm, qiyinchilik va kambag‘allikka sabr qildi. Sabr va imon uning qalbida mustahkam ildiz otgan edi.

Nihoyat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga Habashistonga hijrat qilishni buyurganlarida, Xolid va Umayma ilk hijrat qilganlardan bo‘lishdi. Ular Habashistonda farzandli ham bo‘lishdi: o‘g‘illari – Said ibn Xolid va qizlari – Umma binti Xolid. Qizi keyinchalik “Ummu Xolid” nomi bilan mashhur bo‘ldi.

Ular Habashistonda o‘n yildan ziyod vaqt musofirlikda yashashdi. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Umayyani yuborib, ularni ikki kema bilan qaytardilar. Ular Madinaga qaytib kelganida, Payg‘ambarimiz alayhissalom Xaybarni fath qilgan edilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar bilan uchrashib, ajib shodlik va taskinga erishdilar.

Xolid ibn Said Umar ibn Xattob xalifaligi davrida hayot kechirdi va u “Marj as-Safar” jangida, hijriy 14 sanada shahid bo‘ldi. Bu xabarni eshitgan Umayma onamiz bu musibatiga sabr qildi, yuragi og‘riqda bo‘lsa ham, imoni bilan tasalli topdi. Chunki, Xolidni o‘ldirgan odam keyin Islomni qabul qilib: “Bu kim edi?. Undan osmonga chiqayotgan nurni ko‘rdim!” - degan edi.

Umayma binti Xalaf – sabrli, muhojir, mo‘min ayolning yuksak namunasidir. U umr yo‘ldoshini islom dinida qo‘llab-quvvatladi, hayotining quvonch va tashvishli lahzalarini birga o‘tkazdi va islom tarixida buyuk iz qoldirdi.

 

Ilyosxon AHMЕDOV
tayyorladi.

Mazkur maqola Abu Malik Muhammad bin Homid bin Abdulvahhobning
“Soliha ayollar haqida 150 qissa” nomli asaridan tarjima qilindi.