Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Sentabr, 2025   |   1 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:53
Quyosh
06:11
Peshin
12:20
Asr
16:31
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
23 Sentabr, 2025, 1 Rabi`us soni, 1447

Dinda savolim bor: Vafot etganlarning ortidan baqirib yig'lasa

20.11.2021   3937   1 min.
Dinda savolim bor: Vafot etganlarning ortidan baqirib yig'lasa

— Vafot etganlarning ortidan baqirib yig'lasa, vafot etgan balchiqqa botadi, deyishadi. Shu rost-mi?

— Abu Molik  Ash'ariyroziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimda to'rt toifa narsa borki, u johiliyat ishlaridandir. U ishlarini tark qilmaydilar. 1. Hasab-Nasabda faxrlanish. 2. Boshqaning nasabini kamsitish. 3. Yulduzlardan suv talab qilish. 4. Mayyitga baqir-chaqir qilib yig'lash. O'likka baqirib yig'lovchi agar o'limidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kuni tik turg'azib qo'yiladi. Ustida qatiron (suyuq smola)dan ko'ylagi va qichitqichdan sovuti bo'ladi”, dedilar.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qur’oni karimni sharhlash – Nabiy alayhissalomning huquq (vakolat)lari

18.09.2025   6939   2 min.
Qur’oni karimni sharhlash – Nabiy alayhissalomning huquq (vakolat)lari

Qur’oni karimni sharhlash va tushuntirish Nabiy alayhissalomga berilgan ikkinchi huquqdir. U zot sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni karim oyatiga qilgan tafsirlari hal qiluvchi so‘z sanaladi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

﴿بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ﴾

“Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o‘zlariga bayon qilib berishing uchun zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar” (Nahl surasi, 44-oyat).

Ushbu oyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifalaridan biri – Qur’oni karimni bayon qilish ekani alohida ta’kidlanmoqda. Makka ahli Qur’on oyatlarining zohiriy ma’nolarini sharhlanishiga ehtiyoj sezishmagan. Chunki Qur’oni karim ularning o‘z ona tilida vahiy qilinardi. Arablarning aksariyati savodsiz bo‘lishiga qaramay, til va adabiyot borasida juda kuchli bilimga ega bo‘lganlar. Ularning sermazmun she’rlari, balog‘atli nutqlari, ta’sirli suhbatlari arab adabiyotining bebaho xazinasini tashkil etardi.

Shu sababli, arablar Qur’on oyatlarining zohiriy ma’nosini yaxshi tushinishgan. Ma’nolarini anglamay qolishlari amri mahol bo‘lgan.

Demak, bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga arablarga Qur’on oyatlarining botiniy ma’nolarini ham bayon qilib berish vazifasi yuklangani ma’lum bo‘ladi.

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi:

﴿ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ﴾

So‘ngra uni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizdadir (Qiyomat surasi, 19-oyat).

Bu oyatni tafsir qilishga aslo hojat yo‘q. Alloh taolo O‘zi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur’on oyatlarining tafsirini bildirgan. Shunga ko‘ra, Nabiy alayhissalom biror oyatni qanday tafsir qilgan bo‘lsalar, albatta uni Alloh taolo bildirgan bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni karim tafsiri va sharhida aytgan so‘zlari hal qiluvchi so‘nggi so‘zdir.


"Islom shariatida sunnatning o‘rni" kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi