— Vafot etganlarning ortidan baqirib yig'lasa, vafot etgan balchiqqa botadi, deyishadi. Shu rost-mi?
— Abu Molik Ash'ariyroziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimda to'rt toifa narsa borki, u johiliyat ishlaridandir. U ishlarini tark qilmaydilar. 1. Hasab-Nasabda faxrlanish. 2. Boshqaning nasabini kamsitish. 3. Yulduzlardan suv talab qilish. 4. Mayyitga baqir-chaqir qilib yig'lash. O'likka baqirib yig'lovchi agar o'limidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kuni tik turg'azib qo'yiladi. Ustida qatiron (suyuq smola)dan ko'ylagi va qichitqichdan sovuti bo'ladi”, dedilar.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
O‘zlaridan avvalgi sahobiylar, tobe’inlar va mujtahid ulamolarning yo‘lini tutib, mutashobih oyatlar haqida: “Alloh taoloning sifatlari oyati karimalarda qanday bo‘lsa shunday imon keltiramiz, ta’viliga kirishmaymiz”, – dedilar. Mo‘tazila va mushabbihalarning bid’atlari yuzaga chiqib, ularning so‘zlari tarqalgandan keyin bir qancha ulamolar chiqib ahli sunna val jamoaning e’tiqodini kalomiy hujjatlar va usuliy dalillar bilan quvvatladilar. Bu ishini Imom Abul Hasan Ash’ariy, Imom Moturidiy kabi zotlar ahli sunnaning e’tiqodini bayon qilish, shubhalarni daf qilish, naqliy va aqliy dalillar keltirish bilan chiroyli ado etdilar.
Manba: https://t.me/Muslim_Podcast_uz/100