Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Oktabr, 2025   |   24 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:36
Peshin
12:14
Asr
15:58
Shom
17:45
Xufton
18:57
Bismillah
16 Oktabr, 2025, 24 Rabi`us soni, 1447

Qardosh xalq ulamolari “Hazrati Imom” masjidida juma namozini ado etdilar

19.11.2021   2482   3 min.
Qardosh xalq ulamolari “Hazrati Imom” masjidida juma namozini ado etdilar

 

Habaringiz bor, Qirg'iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh ulamolar tashrif yurtimizda bo'lib turibdi.

Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari va Qirg'iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev hazratlari uchrashuv o'tkazdilar.

Shundan so'ng ikki qardosh xalq ulamolari juma namozini ado etish maqsadida poytaxtimizdagi ko'rkam jomelardan biri bo'lgan “Hazrati Imom” masjidiga tashrif buyurdilar.

Juma ma'ruzasi asnosida mo'min-musulmonlarga Qirg'iziston ulamolarining yurtimizga tashrifi, ikki el din peshvolarining iliq va samimiy hamkorlik aloqalari haqida ma'lumot berildi.

Ikki xalq ulamolari muborak masjidda minglab namozxonlar bilan birga juma namozini ado etdilar, so'ngra Qur'oni karimdan tilovotni qorilarimiz, duoni esa qardosh ulamolari qilib berishdi.

Tashrif asnosida mehmonlar "Hazrati Imom" majmuasidagi Hazrati Usmon Mushafini ziyorat qilib, Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti bilan yaqindan tanishdilar.

Alloh taolo din va qon qarindosh birodarlar o'rtasidagi ahlligimizni yanada ziyoda qilsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misrda Qur’on qiroatini tuzatish milliy loyihasi ishga tushiriladi

16.10.2025   59   1 min.
Misrda Qur’on qiroatini tuzatish milliy loyihasi ishga tushiriladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

IQNA – Misrda Qur’on oyatlarini to‘g‘ri o‘qish, talaffuzni to‘g‘rilash va tajvid qoidalarini o‘zlashtirishni o‘rgatish maqsadida “Maqra’at al-Majlis” (Majlis tilovati) deb nomlangan milliy Qur’on tilovatini tuzatish loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

IQNA saytining “newsroom.info” axborot portaliga tayanib xabar berishicha, Misr Islom ishlari bo‘yicha Oliy Kengash “Maqra’at al-Majlis” (Majlis qiroati) nomli yangi loyihani ishga tushirgan. Ushbu loyihadan Allohning kalomiga xizmat qilish va uning ilmlarini kishilar o‘rtasida targ‘ib qilish, Qur’onni to‘g‘ri tilovat qilishni o‘rgatish, talaffuzini to‘g‘rilash, tajvid qoidalarini o‘zlashtirish maqsad qilingan.

Mazkur loyiha Islom ishlari bo‘yicha oliy kengashning Qur’on karim madaniyatini tarqatish va to‘g‘ri qiroatni o‘rganishga ko‘maklashish bo‘yicha majburiyatlarining bir qismidir. U interfaol o‘quv uchrashuvi shaklida o‘tkazilmoqda.

Ishtirokchilar ushbu yig‘ilish orqali to‘g‘ri talaffuz va qiroatni to‘g‘rilashni o‘rganadilar, shuningdek, qiroatini mukammallik va to‘liqlikka yaqinlashtirish uchun tajvidning asosiy tamoyillari bilan tanishadilar.

 “Majlis tilovati bilan... Talaffuzingni to‘g‘irla va Qur’on tilovatingni mukammal qil” shiori ostidagi ushbu dastur Islom ishlari bo‘yicha Oliy kengash Media markazi a’zosi Shayx Marvon Yahyo tomonidan taqdim etilmoqda.

Ushbu dastur orqali Misrdagi Islom ishlari bo‘yicha Oliy Kengash diniy ommaviy axborot vositalarini Qur’on ta’limi xizmatiga jalb etish va uni o‘qitishni osonlashtirish, shuningdek, qiroat, fikr yuritish va jiddu jahd bilan g‘ayrat qilish orqali avlodlarni Allohning Kitobi bilan bog‘lashni maqsad qilgan.

Ilyosxon Ahmedov
tayyorladi

Dunyo yangiliklari