frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Haj qilishga robotlar yordam beradi

18.11.2021   2371   1 min.
Haj qilishga robotlar yordam beradi

Makkadagi “Masjidul Harom” ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish uchun intellektual texnologiyalar, jumladan, sensor ekranli robotlarni taqdim etmoqda, deb xabar bermoqda “Saudi Press” axborot xizmati.
To'rt g'ildirakli robot hojilarning haj amallarini bajarishiga yordam beradi, yo'l-yo'riq ko'rsatadi va savollariga javob beradi.

Robotlar tezkor tarjimon bo'lishi bilan birga, ziyoratchilar bilan masofaviy aloqani amalga oshiradi.
Masofadan boshqariladigan sun'iy intellekt 11 tilda, jumladan arab, ingliz, frantsuz, rus, fors, turk, xitoy, bangal va hausa tillarida haj amallari haqida ma'lumotlar bera oladi.

Mazkur uskuna 21 dyuymli sensor ekranga ega bo'lib, u tashrif buyuruvchilarni tashvishga solayotgan muammolarni hal qilishda ham qo'llaniladi.

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   24999   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari