Erga itoat etish va Alloh taolo g'azab qilmaydigan o'rinda uni rozi qilish ayol kishining jannatga kirishiga sabab bo'ladi. Juda ham kam kishilar ayolidan rozi holda ekanini ko'rasiz, agar ayol kishi erining haqlarini to'liq bilganida edi, taomlarini tayyorlab, xizmatini qoim qilmagunicha hatto o'tirmas edi.
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Qaysi ayol erini rozi qilgan holida vafot etsa, jannatga kiradi" (Imom Termiziy rivoyati).
Erning roziligi ayol kishining dinini to'rtdan biri hisoblanadi.
Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom aytdilar: "Ayol kishi besh vaqt namozini ado qilsa, ramazon ro'zasini tutsa, farjini gunohdan saqlasa va eriga itoat qilsa unga: Jannatga xohlagan eshigingizdan kiring deyiladi" (Imom Ahmad rivoyati).
Doktor Muhammad Rotib An-Nabulusiy ma'ruzasidan Muhammad Yunus Muhammad Muso o'g'li tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda bir xona bor, uning ustki tomoni ichidan, ichki tomoni ustidan ko‘rinadi. U xonani Alloh taolo taom ulashgan, so‘zini muloyim qilgan, ro‘zani (Ramazondan keyin ham) davom ettirgan va odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlar uchun tayyorlab qo‘ygan", dedilar (Imom Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).