Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2025   |   14 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:35
Xufton
21:03
Bismillah
12 May, 2025, 14 Zulqa`da, 1446

“Masjidun Nabaviy” haqida

16.04.2020   9347   6 min.
“Masjidun Nabaviy” haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak masjidlari ziyorat uchun boriladigan uchta masjiddan biridir. Ushbu masjidda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozgohlari, minbar, ravzayi shariflari hamda tarixiy ustunlar joylashgan.

Ushbu masjidda o‘qilgan namoz ming rak’at namozdan afzaldir Ikki Shayx rivoyat qilgani kabi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu masjidimda o‘qilgan namoz Masjidul Haromdan tashqari qolgan masjidlardagi namozdan ming barobar afzaldir ” – dedilar.[1]

Masjidun Nabaviyga kirgan kishiga ravzayi sharifda yoki masjid ichida ikki rak’at namoz o‘qib olishi mustahabdir, huddi Ikki Shayx Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilganidek: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar birortangiz masjidga kirsangiz o‘tirishidan oldin ikki rak’at namoz o‘qib olsin” – dedilar.[2]

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida masjid bino qilish

Musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishlaridan oldin Masjidun Nabaviy o‘rnida namoz o‘qirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida shu o‘rinda namoz o‘qidilar va u milodiy 622/ hijriy 1 yil Robbiyul Avval oyida masjid bino qilindi. Uzunligi 70 ziro [3], kengligi 60 ziro ya’ni tahminan 35m, 30m bo‘lgan. Tomi esa 5 zirodir. Uning poydevori toshlardan, devorlari xom g‘ishtdan qurildi. Ustunlari xurmo tanasidan, tomi esa xurmo shoxlaridandir.

Masjid qurilishida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sahobalar bilan birga ishladilar, tosh vax xom g‘ishtlarini tashidilar. Masjid uchun uchta eshik qildilar.

Masjidun Nabaviyni kengaytirish va ta’mirlash ishlari:

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijriy 7-yil Haybar g‘azotidan qaytganlaridan keyin, birinchi kengaytirish bo‘ldi: kengligi 40 ziro (20m) ga, uzunligi 30 ziro (10m) ga kengaytirildi. Masjid 100 x 100 ziro, 50 x 50 m bo‘ldi. Shimoliy tomondan hozirgi kunda masjidning ulug‘vor tomi tugaydigan joygacha, g‘arbiy tomonda minbardan beshta ustun qo‘yildi. Yashil gumbazga “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning masjidlari chegarasi” deb yozilgan. Qibla tomondan masjid birinchi chegarasi ustida qoldi. Masjid poydevori toshlardan, devori xom g‘ishtdan va tomi xurmo shoxlaridan bo‘ldi. Tomining balandligi 7 ziro bo‘ldi.
  2. Mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hijriy 17-yil (milodiy 638-yil)da masjid va imoratini kengaytirdilar. Qibla tomondan ayvongacha ziyoda qildilar. Usmoniy namozgohi va Nabaviy namozgohini orasini kengaytirdilar. G‘arb tomondan ikkita ustun, bu tahminan 20 ziro (10m) bo‘ladi va shimol tomondan 30 ziro (15m) ziyoda qildilar. Sharqiy tomonini kengaytirmadilar. Bu kengaytirish sababidan masjidni shimoldan janubga qadar uzunligi 140 ziro (70m), kengligi esa 120 ziro (60m) va balandligi 11 ziro bo‘ldi. Umar roziyallohu anhu “As – salom” darvozasini ochdilar va sharqiy devor tomonda ayollar eshigini ochdilar. Mayda toshlarni masjidga to‘shashni buyurdilar. Ular “Aqiyq” vodiysidan olib kelindi va masjidga to‘shaldi.
  3. Mo‘minlar amiri Usmon ibn Affon roziyallohu anhu uzoq vaqt xalifalik qildilar. Bu davr ichida Islom davlati mislsiz ravishda kengaydi. Turli xalqlar Islomga kirdi. Musulmonlar soni nihoyatda ko‘paydi. Sahobai kiromlar ham turli yurtlarga tarqab ketdilar. Ana shu davrlar ichida hazrati Usmon anchagina ishlar qildilar. Bu ishlarning ko‘pchiligi davr taqozosi ila yuzaga kelgan yangiliklar edi. Bu yangiliklar ichida Masjidun Nabaviyni yangitdan kengaytirib qurish ham bo‘lgan. Hazrati Usmon Masjidun Nabaviyga ko‘plab ziyodalar qildilar. Avvalo, uni anchagina keng va katta, qolaversa, qurilish uskunalarini ham tamoman boshqacha qildilar. Xom g‘isht o‘rniga naqsh solingan tosh va pishiq g‘isht ishlatdilar. Ustunlarini ham xurmo yog‘ochi o‘rniga naqshindor toshlardan, shiftini esa xurmo shoxlari o‘rniga Hindistondan keltirilgan saj yog‘ochlaridan qildirdilar. Qiblaga ayvon qo‘shdilar. G‘arb tomondan ayvon va shimol tomondan 10 ziro (5m) ziyoda qildilar. Hazrati Usmon roziyallohu anhu bu ishlarni milodiy 649 -650 yillarda amalga oshirganlar.
  4. Ummaviy xalifa Valid ibn Abdulmalik Madinai Munavvara voliysi Umar ibn Abdulaziz (rohimahulloh)ga masjid imoratini kengaytirishga buyurdi. Hijriy 88-yil (milodiy 707-yil) va hijriy 91-yil (milodiy 710-yil) oralig‘ida kengaytirildi. G‘arb tomondan ikki ustun ziyoda qildi. Xalifaning amriga binoan, bu muborak masjidda birinchi bolaxonalar,4 ta mezana(minora)lar va devorning ichiga kirib turadigan mehrob qurildi. O‘sha qurilishda onalarimizning hujralari ham masjidga qo‘shib yuborildi.  Shimol tomonni ham kengaytirdi. Sharq tomondan uchta ustun ziyoda qildilar, bu tahminan 30 ziro (15m) bo‘ladi. Naqshli g‘isht ishlatildi. 20 ta eshik ochildi. Tomni ikki qavat qildilar. Pastki tom “Saj” daraxti va shoxlardan qilingan bo‘lib, balandiligi 25 ziro (12,5 m) edi.
  5. Abbosiy xalifa Mahdiy ibn Abu Ja’far haj qilish uchun Makkaga bordi. Borganida Madinai Munavvarani ziyorat qildi. Masjidun Nabaviyni ham ziyorat qildi va uni kengaytirishga buyurdi. Bu kengaytirishga Abdulloh ibn Osim ibn Umar ibn Abdulazizni boshliq qilib tayinladi. Hijriy 161-165 (milodiy 779 – 782) yillar davomida faqat shimol tomonini kengaytirdi va ba’zi qurilish ishlarini olib bordi.

Davomi bor...

Shayxontohur tumani “Eshon 

Boboxon” jome masjidi imom

noibi Abdulahadov Abdulmo‘min

 

 

 

[1] Sahihul Muslim, Haj kitobi. Makka va Madinada masjidimdagi namoz fazli. (15: 1390)

Sahihul Buxoriy. Makka va Madinadagi masjidda namozning fazli kitobi (20:1395)

[2] Sahihul Buxoriy. Namoz kitobi. Agar masjidga kirsangiz ikki rak'at namoz o‘qing bobi, (8:444)

Sahihul Muslim. Musofirning namozi kitobi. Masjidga salom berish mustahab bobi (6:714)

[3] Ziro‘ = 46,2 sm

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

12.05.2025   1762   1 min.
Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).