Ўзбекистон янгиликлари

Imom-xatiblarning qiroatlarini sayqallash bo’yicha hay’at tuzildi

O’zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limida imom-xatiblarning qiroatini sayqallash bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Bo’lim mudiri Shayx Alijon qori boshchiligida bo’lib o’tga ushbu yig’ilishda bir guruh ustozlar ham ishtirok etdilar. Mazkur qiroat ustozlaridan iborat Hay’at tuzildi. Hay’at a’zolari Respublikamizda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblarining qiroat va tajvid borasidagi bilimlarini nazorat qilib boradilar.

Yig’ilish davomida imom-xatiblarning qiroati va tajvid bo’yicha malakalarini oshirish masalasi atroflicha muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi.

506 марта ўқилди

Янгиликлар

Top