Ўзбекистон янгиликлари

Akademiya professori “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Bugun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

(https://president.uz/oz/lists/view/6619)Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh faol yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar bilan mukofotlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi professori, taniqli sharqshunos olim Saidakbar Agzamxo‘jayev ham “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 

441 марта ўқилди

Янгиликлар

Top