Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2026   |   9 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:19
Bismillah
19 Noyabr, 2026, 9 Jumadul soni, 1448

Hazilning tagi zil

03.06.2024   7262   5 min.
Hazilning tagi zil

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Allohtaologabitmas-tuganmashamdusanolarbo'lsin.

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Hazil shariatda muboh amallardan. Me'yorida hazillashishga ruxsat bor. Lekin targ'ib qilinmagan. Masalan, hadisda “O'zaro muhabbatlashmaguningizcha mo'min bo'lmaysiz. Sizni o'zaro muhabbatlashtiradigan narsaga dalolat qilaymi?” deb salomlashishga targ'ib qilingan, shu erda o'zaro hazillashing, deyilmagan. Albatta, bu hazillashish nojoiz degani emas.

Payg'ambarimiz alayhissalom ham hazillashganlar. O'sha hazillardan kelib chiqsak, hazil qilish uchun quyidagi shartlar talab etiladi:

  1. Hazillashganda yolg'on gapirmaslik kerak. Payg'ambarimiz alayhissalom hamisha rost hazil qilganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhu “Yo Allohning Rasuli, biz bilan hazillashasiz-a?” degan ma'noda ajablanib so'raganlarida u zot alayhissalom hazillari faqat haq so'z bo'lishini aytganlar.
  2. Hazil qilinadigan kishi shunga munosib bo'lsin. Kichiklar kattalarga hazil qilsa, odobsizlik bo'ladi. Payg'ambarimiz alayhissalom yosh bolalar, ba'zi ayollar bilan hazillashganlar. Shundan kelib chiqib, zaiflarga hazil qilish mumkin deyilgan. Masalan, rahbar kishi qo'l ostidagi xodim bilan ba'zan hazillashib tursa, xodim rahbarning oldida o'zini erkinroq tutib, hojatini ayta oladi. Yoki yosh bolalarni xursand qilish uchun ular balan hazillashish mumkin. Lekin bugun bo'lar-bo'lmasga, kimga duch kelsa hazil qiladigan bo'lib qolindi.
  3. Hazil me'yorida bo'lishi kerak. Hazillashishni odat qilib olmaslik kerak. “Men o'zi hazilkashman”, deydi ba'zilar. Bunday bo'lmaydi, Islomda hazilni odat qilib olish yo'q. Payg'ambarimiz alayhissalomning davrlarida musulmonlar orasida ham shoirlar bo'lgan, lekin qiziqchi, masxarabozlar bo'lmagan.
  4. Hazillashyapman deb diniy mavzularga o'tmaslik kerak. Masxara bo'lib qolishi mumkin. Masxara – birovni past sanash. Masxara qilinuvchi nazdidagi arzirli narsani masxara qiluvchi arzimas sanaydi. Masalan, birov “Bugun besh bet kitob o'qidim” desa, boshqasi “Qiynalib ketibsan-ku, bir bet o'qisang ham etardi”, deb kuladi. U uni masxara qilyapti. Ba'zilar: “Masxara o'zi so'kish, faqat masxara qiluvchi kuladi, xolos”, deyishgan.

Hazil deb har gapni gapiravermaslik kerak ekan. Ayniqsa, diniy mavzularda bo'lsa, iymonga xavf soladi. Ya'ni diniy biror narsani past sanash – masxara qilish iymondan ayirib qo'yishi mumkin. Biz hazil qilyapmiz deb o'ylaymiz, aslida masxara qilayotgan bo'lamiz.

Imom Molik rahimahulloh tahoratsiz holda yoki tik oyoqda hadis aytishni yoqtirmas edilar. Hadis aytish uchun tahorat qilib, xushbo'ylanib, qulay o'tirib olib keyin gap boshlardilar. Huddi namozga tayyorgarlik ko'rgandek. Bu hadisni ulug'lash, hurmatini joyiga qo'yishdir. Aslida hadis aytish uchun tahorat shartmas. Lekin diniy shiorlarni ulug'lash yaxshi. Alloh taolo: “Kim Allohning shiorlarini ulug'lasa, albatta, bu qalblarning taqvosidandir”(Haj surasi, 32-oyat) degan.

Alloh taolo barchamizni to'g'ri yo'lga boshlasin, noshar'iy hazildan asrasin.

G'iyosiddin Yusuf

“Hilol” jurnali 12(57) son

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniyadagi ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi

19.11.2026   2266   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniyadagi ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining 10 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18–20 noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, ikki tomonlama uchrashuvlar va kitob taqdimotlarida ishtirok etadi.

Safar davomida Ammon shahridagi nufuzli tashkilotlar, ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda podshohlikning milliy kutubxonalari hamda oliy ta’lim muassasalarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu maskanlarda Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari hamda keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar taqdimoti o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, Iordaniya jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, ilm-fan namoyandalari, ulamolar hamda din va davlat arboblari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar doirasida mamlakatimiz vakillari bilan Iordaniyaning diniy-ma’rifiy tashkilotlari rahbarlari va akademik muassasalar yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari