Asli pokistonlik bo'lgan AQShda istiqomat qiluvchi tadbirkor Bilol Memon Qur'oni karimni yodlash uchun yangi ilovani ishga tushirdi. Bu dasturni yaratish uchun unga bir necha yillar kerak bo'ldi.
Bilol 10 yoshida Qur'oni karimni to'liq yod olgandi. Biroq vaqt o'tishi bilan u ba'zi tafsilotlarni unutib, yana bir xil xatolarga yo'l qo'ydi. Bu haqda u bunday deydi:
– Men unutgan satrlarni qalam bilan belgilab qo'ydim va sahifani chiziqlar bilan to'ldirdim, so'ngra avvalgidek xatolarga yo'l qo'yganimni angladim. Oyatning bir qismini to'rt-besh marta takrorlasangiz, uni yana eslaysiz. Ammo ikki hafta ichida yana xuddi shunday xatoga yo'l qo'yasiz.
U muqobil usul ixtiro qilishga qaror qilgunga qadar uzoq yillar davomida Qur'onni shu tarzda takrorlash uchun qalamdan foydalangan. Aynan shu erda Qur'onni yodlash ilovasini yaratish fikri paydo bo'lgan. Uning maqsadi musulmonlarga Qur'onni o'rganish, uni qayta ko'rib chiqish va xatolarni takrorlamasliklariga yordam berishdir.
Bilol Memon va uning uch kishidan iborat jamoasi to'rt oy davomida ushbu dasturni ishlab chiqishdi. Tez orada mazkur ilova iPhone va Android mobil telefonlardan o'rin oladi.
Mazkur ilovani sinovdan o'tkazish uchun AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Saudiya Arabistoni, Malayziya va Indoneziyadan mingga yaqin kishi ro'yxatdan o'tgan.
Halqaro aloqalar bo'limi xodimi
I.Ahmedov tayyorladi
Bugun, 2 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida Prezident Abdulfattoh as-Sisi homiyligida hamda Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
"Global o‘zgarishlar sharoitida oilaviy masalalar: oilani himoya qilish, uning kelajagi va milliy-diniy o‘zlikni asrashda fatvo yondashuvlari" mavzusidagi mazkur ilmiy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davom etadigan xalqaro yig‘inda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi muftiylar, taniqli ulamolar, xalqaro islomiy tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari hamda soha mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjuman kun tartibidan zamonamizning quyidagi eng dolzarb masalalari o‘rin olgan:
– Globallashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida oila instituti duch kelayotgan muammolarning ilmiy tahlili;
– Zamonaviy oilaviy inqirozlarni puxta tadqiq etish va ularga shar’iy hamda amaliy yechimlar topish;
– Virtual muhitning oilaviy munosabatlarga ta’sirini o‘rganish hamda ularni mustahkamlash yo‘llari;
– Milliy-diniy o‘zlikni saqlash va zararli media kontentlarga qarshi kurashda jamoaviy fatvolar ishlab chiqish.
Xalqaro anjuman tafsiloti bilan saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati