Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: Ho'roz jinlarni ko'rsa ko'p qichqirishi rost-mi?

17.11.2021   3114   1 min.
Dinda savolim bor: Ho'roz jinlarni ko'rsa ko'p qichqirishi rost-mi?

— Bizning xo'rozimiz qo'shnilarni xo'rozidan ko'p qichqiradi. Ko'p yillar oldin bir odam hovlimizga kelib, hovlilaringni tozalanglar, jinlar joylashib olgan, degan edi. Ho'roz jinlarni ko'rsa ko'p qichqirishi rost-mi?

— Bu so'zlarni noto'g'riligini quyidagi hadis tasdiqlaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Vaqtiki xo'roz qichqirganini eshitsangiz Alloh taoloning fazlini so'rang, chunki xo'roz farishtani ko'rganda qichqiradi. Vaqtiki eshakni xangraganini eshitsangiz Allohdan panoh tilang, chunki eshak Shaytonni ko'rganda xangraydi”, deganlar. Demak, xo'roz qichqirgan paytda shumlanish o'rniga ushbu hadisda kelgan duoni aytishimiz lozimdir.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

16.07.2025   1366   1 min.
“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.

Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.

U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.

Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD