Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Musulmon har kuni uysizlarga boshpana, muhtojlarga non bermoqda

12.11.2021   2079   1 min.
Musulmon har kuni uysizlarga boshpana, muhtojlarga non bermoqda

Bel'giya poytaxtida istiqomat qiluvchi 68 yoshli marokashlik Ahmad bin Abdurahmon xususiy mashinasida tunda muhtojlarga non etkazib beradi va o'z mehmonxonasida boshpanasiz fuqarolarga boshpana beradi. Musulmon 27 yildan beri Bryussel' markazidagi Grand Place tourist maydoniga olib boruvchi ko'chalardan biridagi mehmonxonani boshqarmoqda.

Shahardagi ko'pchilik odamlar Ahmadni xushchaqchaq, baquvvat va dilkash tabiati hamda xayriya faoliyati tufayli bilishadi.

Islam.ru xabariga ko'ra, jurnalistlar bilan suhbatda marokashlik Ahmad islom talab qilgan ishni qilayotganini ta'kidlaydi.

"Men qiyin ahvolga tushib qolgan odamlar uchun biror narsa qila olishimdan faxrlanaman. Men insonparvarman, musulmonman", - ta'kidlaydi Ahmad.

Kechqurunlari bir necha novvoyxonaga borib non sotib oladi, keyin muhtojlarga etkazadi. Ahmad bin Abdurahmonning aytishicha, kundalik sadaqa uning o'ziga yordam beradi – 68 yoshda bo'lishiga qaramay o'zini ancha yosh his qiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

18.09.2026   16344   2 min.
Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

Quvaytning nufuzli “Al-Seyassah”, “Alwakt News” va “The Times Kuwait” nashrlarida quvaytlik ekspert va jamoat arbobi, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Tijorat arbitraj markazining sobiq bosh kotibi Tariq Yusuf ash-Shumaymiriyning “Samarqanddan Faylakagacha: zamin sivilizatsiya tilida so‘zlaganda nomli maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif joriy yilning avgust oyida yurtimizga amalga oshirgan tashrifi davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgani, boy tarixiy-madaniy meros, me’moriy obidalar, qadimiy bozorlar hamda xalqimizning mehmondo‘stlik an’analari unda katta taassurot qoldirgani haqida yozadi.

Maqolada ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning qadimiy shahri Samarqand hamda Fors ko‘rfazidagi tarixiy Faylaka oroli xalqlar va madaniyatlarni birlashtiruvchi o‘ziga xos sivilizatsion ko‘prik vazifasini bajargan. Samarqand Sharq va G‘arbni bog‘lagan quruqlikdagi karvon yo‘llari chorrahasi bo‘lgan bo‘lsa, Faylaka dengiz savdo yo‘llarida muhim strategik makon hisoblangan. Yurtimizdagi ilm-ma’rifatga bo‘lgan yuksak ehtirom va jamoatchilik an’analari Quvayt jamiyatidagi qadriyatlar bilan muayyan mushtaraklikka ega ekani alohida e’tirof etiladi.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 17–18 fevral kunlari Quvayt Davlatiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘targani ta’kidlanadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha sanoat, aviatsiya, “aqlli shaharlar”, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat va san’at kabi sohalarda umumiy qiymati qariyb 4,9 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi.

Shuningdek, Quvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining yurtimizdagi infratuzilma va sog‘liqni saqlash loyihalaridagi ishtiroki amaliy hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

Maqola yakunida ta’kidlanganidek, Samarqand va Faylaka o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklik hamda bugungi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar, faol investitsiyalar va madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari