H'yuston (AQSh) dagi masjidlar va Islom bilim yurtlarida «Mavlidi Nabiy»ni nishonlanmoqda. Tadbir doirasida Shayx Mansur Ali Rizviy 24 oktyabr', yakshanba kuni Masjidul-Rasul masjidida nutq so'zladi. Shayx o'z nutqida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hayotlaridan misollar keltirdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, shuningdek, yakshanba kuni bolalar uchun Rasulullohning tug'ilgan kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Rizviyning aytishicha, yaqinda bir yillik COVID-19 cheklovlaridan so'ng ochilgan masjid asta-sekin ishga qaytmoqda.
H'yustondagi boshqa Islom muassasalari ham Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning tug'ilgan kunlarini nishonlaydilar.
22 oktyabr' kuni Masjid al-sobirin masjidida "Bilguvchi va mehribon Payg'ambar Muhammad" nomli ma'ruza bo'lib o'tdi. 24 oktyabr' kuni Shugar Lend shahridagi Da'vati-Islom maktabida talabalar va ularning oilalari uchun mavlid o'tkazildi.
Nihoyat, H'yustondagi Ibrohim markazi Rabi-ul-avval oyi sharafiga 30 oktyabr, shanba kuni soat 19:00 da "Rasulullohni sevganlar bayrami" deb nomlangan tadbir o'tkazadi. Tadbirda bir necha notiqlar, jumladan, Imom Holis Rashod, nashid ijrochilari Usmon Eyms va Marlon Altanlar ishtirok etishadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati