Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447

"Kim uni o'qisa, gunohlari kechirilguncha shafoat qiladi"

25.10.2021   2533   1 min.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qur'onda o'ttiz oyatdan iborat bir sura bor. Kim uni o'qisa, gunohlari kechirilgunicha shafoat qiladi. U Taborak surasidir”, deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).

Taborak surasi “shafoatchi” nomi bilan mashhur. Shu sabab bo'lsa kerak, ko'p musulmon diyorlarida, xususan bizning yurtda mayyit dafn etilgandan keyin Taborak surasi o'qiladi.

Sahobalar bu surani “qutqaruvchi” deb atashgan. Zero, Taborak surasi bandani shafoat qilishi haqida rivoyatlar kelgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Qur'ondagi o'ttiz oyatdan iborat sura sohibini jannatga kiritguncha tortishadi. Bu Taborak surasidir”, deyilgan (Imom Tabaroniy rivoyati).

Anas ibn Nufayldan rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni bir banda tiriltiriladi. U bironta ham gunohni qoldirmay hammasini qilgandi. Biroq Allohni yagona deb bilar, Qur'onning faqat bitta surasini o'qirdi. Uni do'zaxga kiritish buyuriladi. Shunda o'sha kishining ichidan bir narsa uchqundek otilib chiqib: “Yo Alloh! Men Payg'ambaring alayhissalomga nozil qilganing (Qur'ondan) bir suraman. Mana bu bandang meni o'qirdi”, deydi. O'sha sura bandani jannatga kiritgunicha shafoat qiladi. Taborak surasi (Allohning izni bilan bandani azobdan) qutqaradi (Imom Daylamiy rivoyati).

Sevikli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Men (Taborak surasi) ummatimdan har bir mo'min banda qalbida bo'lishini xohlardim”, deganlar (Imom Hokim rivoyati).

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot bo'limi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi

25.11.2025   921   1 min.
Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining qalamiga mansub “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida imom-xatiblar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy zakovat musobaqasi tashkil etildi. Tadbirda shahar va tumanlarda xizmat qilayotgan diniy soha vakillari ishtirok etdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — mazkur kitob orqali imom-xatiblar bilimlarini boyitish, fiqh va aqida sohasida uchraydigan ixtilofli masalalarga aniq va mantiqiy yechim topish ko‘nikmasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Musobaqada 5 ta guruhdan iborat 30 nafar imom-xatiblar ishtirok etishdi.   Ishtirokchilar kitobda bayon etilgan fiqhiy masalalar, aqidaviy qoidalar, ulamolar fikri va ularning dalillari asosida tayyorlangan mukammal sharh talab etuvchi savollarga javob berish bilan baholandilar.

Bellashuv juda qizg‘in ruhda o‘tdi. Yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgan jamoalar o‘rtasida tortishuvli bahslar, dalillar keltirish va ilmiy mulohazalar bilan boyigan baholash jarayoni barcha ishtirokchilar uchun katta tajriba bo‘ldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir mas’ullarining qayd etishicha, bunday ilmiy musobaqalar imom-xatiblarning bilim va mahoratini oshirish, jamoat orasidagi e’tiqodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi Qashqadaryoda “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida zakovat musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari