Toshkentda “MDH mamlakatlari II Islom bankchiligi va moliyasi forumi” bugun o'z ishini boshladi. Bu haqda O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Forumda yigirmadan ortiq davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir “AlHuda” islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi va Hususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi tashabbusi bilan O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar ko'magida o'tkazilmoqda.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy bozorni o'rganish, mintaqadagi islom bankchiligi va moliya sohasidagi tendentsiyalar, imkoniyatlar va sohadagi uchrayotgan qiyinchiliklarni tahlil etishdan iboratdir.
Forum doirasida 22-23 oktyabr' kunlari O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi binosida islom bankchiligi, takaful va islom mikromoliyasi mavzulariga bag'ishlangan ikki kunlik maxsus intensiv seminar trening tashkil etiladi.
Ma'lumot uchun: “AlHuda” markazi 15 yildan beri islom bankchiligi va moliyasini targ'ib etib kelmoqda. Horijiy tashkilotning asosiy maqsadi foizsiz bank xizmatlarini ko'rsatishdir. Hozirda dunyoning etmishdan ortiq mamlakatlarida aynan ushbu markazda ta'lim olgan bitiruvchilar ish olib bormoqda.
azon.uz
Muhammad Rotib Nobulsiy hafizahulloh aytadilar: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohga hamdlar bo‘lsin. Sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salavotu salomlar bo‘lsin. Ulardan ham, bizdan ham rozi bo‘l, yo olamlar Robbi.
Shak-shubhasiz, koinot, jamodot, nabotot va hayvonot bir-biridan farq qiladi. Ularning ayrimlari jonsiz, qolganlari jonli. Ba’zilari vaznga ega, hajmi bor va h.k.
Ammo insoniyat boshqa jonzotlar farqli o‘laroq fikr yuritadi, tafakkur qiladi. Agar inson ilm izlamasa, Robbi uni qo‘ygan darajadan pastga tushadi, bu esa uning mavqeiga mos kelmaydi. Natijada, u o‘lik sanaladi.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo‘q. Balki yana ham yo‘ldan ozganroqdirlar” (Furqon surasi, 44-oyat).
“Ular xuddi suyab qo‘yilgan xodaga o‘xsharlar” (Munofiqun surasi, 4-oyat).
“Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so‘ngra uni ko‘tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o‘xsharlar” (Juma surasi, 5-oyat).
Inson mavjudligining sirini, hayotdan maqsadni va haqiqatni izlashi, o‘lim nima, o‘limdan keyin nima bo‘lishi haqida fikr yuritishi lozim.
Har bir aqlli odam ham dono emas. O‘tkinchi dunyo hayotining mayda-chuydalariga berilib ketmagan, o‘zini Allohning bandasi ekanini unutmagan, kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan Jannat uchun harakat qilgan inson – dono sanaladi. Bunga faqat ilm izlash orqali erishish mumkin.
Demak, agar kim dunyoni istasa, ilm izlasin. Oxiratni istasa, ilm izlasin. Agar har ikkisini ham xohlasa, ilm izlasin. Alloh buyukdir”.
Davron NURMUHAMMAD