Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Qozog'iston bosh muftiysi: Nuriddin domla Holiqnazarov ikki diniy idora o'rtasidagi oltin ko'prikka aylanadi

21.10.2021   1268   1 min.
Qozog'iston bosh muftiysi: Nuriddin domla Holiqnazarov ikki diniy idora o'rtasidagi oltin ko'prikka aylanadi

Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Naurizboy hoji Tag'anuli muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlariga tabrik yo'lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
– Siz muqaddas dinimizning tarqalishiga salmoqli hissa qo'shdingiz. Rahmatli Usmonxon Alimovning xayrli ishlarini davom ettirib, yaxshi tashabbuslarni muntazam tarzda amalga oshirib borasiz, degan umiddaman.
Aminmanki, Siz ikki diniy idora o'rtasidagi oltin ko'prikka aylanasiz. Umid qilamanki, kelgusida dinimiz rivojiga, ikki mamlakat o'rtasidagi diniy aloqalarning mustahkamlanishiga birgalikda hissa qo'shamiz, insha Alloh.


Naurizboy hoji Tag'anuli
Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

23.10.2025   420   1 min.
Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bilasizmi? Qur’on sizni faqat jannatga olib borish bilangina cheklanib qolmaydi, balki sizni jannatning eng oliy martaba va darajalarigacha ko‘taradi, yuksaltiradi.


Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qur’on sohibiga: “Qiroat qilib ko‘tarilaver. Dunyoda qandoq tartil qilgan bo‘lsang, xuddi shundoq tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi qiroat qilgan oyatingning makonidan bo‘ladi”, deyiladi» (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan).


Shunday keyin ham Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

Maqolalar