Dog'iston muftiysi Axmed Abdulayev 2021 yil 21 oktyabr' kuni Ulamolar Kengashida Diniy idora raisi, muftiy lavozimiga saylangan Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlariga tabrik yo'lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
– Dog'iston Respublikasi muftiyati va shaxsan o'z nomimdan chin dildan Sizni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi lavozimiga saylanganingiz bilan tabriklayman! Sizga mustahkam sog'liq, farovonlik, O'zbekiston musulmonlari manfaati yo'lida yaratuvchanlik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Alloh taolodan jamiyatning ma'rifati va uyg'unlashuviga qaratilgan Sizning barcha sa'y-harakatlaringiz O'zbekiston xalqining ma'naviy yuksalishi, axloqiy takomillashuvi, o'zaro tushunish va totuvlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishini so'rab qolaman.
Sizga tinchlik, Haq taoloning rahmati va barakotini tilayman. Omin!
Hurmat bilan,
Axmed Abdulayev,
Dog'iston Respublikasi muftiysi
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".