Bugun, 21 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida o'tkazilgan poytaxt imom-xatiblari yig'ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.
Shu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o'tkazildi.
Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.
Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.
U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.
Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD