Vatanimiz mustaqillikka erishgach ona tilimiz o'zining xaqiqiy o'rni va mavqeiga ega bo'ldi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi xuquqiy jixatdan mustaxkamlab qo'yildi.O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida"gi qonunining qabul qilinishi ona tilimizning taraqqiyoti, rivojlanishi hamda o'ziga xos va boy bisotini namoyish etishga keng imkoniyat yaratdi.Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog'i,Gerbi,Madhiyasi,Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan ximoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Istiqlol sharofati bilan tilimizga, uning sayqal topishiga e'tibor yanada ortdi. Til - inson qiyofasi va ichki go'zalligini namoyon etadigan eng go'zal tuyg'udir. O'z tiliga mehr-muhubbatli inson xalqini, Vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini ham e'zozlaydi. Bejizga bundan besh asr ilgari Alisher Navoiy bobomiz "Tilga e'tiborsiz - elga e'tiborsiz" deya yozmagan.
O'zbek tili dunyodagi qadimiy, go'zal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilning beqiyos imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o'tib kelayotgan maqol va hikmatli so'zlari, betakror iboralari, dostonlarida, shoir va yozuvchilarimiz asarlarida yaqqol ko'rish mumkin. Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" kitobi, Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Alisher Navoiyning "Hamsa"si, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"si, Abdulla Qodiriyning betakror romanlari, Cho'lpon, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflarning o'tli she'riyati ona tilimizda yozilgan bebaho durdonalardir.Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, mehr-oqibat so'zlarini boshqa tilga aynan tarjima qilib bo'lmaydi. Ularni faqat o'zbek tilida ifodalash mumkin. Chunki bu tushunchalar xalqimizga xos va ularni aytishga faqat shu til qodirdir.Bizning ona tilimiz dunyodagi uch mingga yaqin til orasida turkiy tillar oilasiga mansub bo'lib, jonli til sifatida qipchoq, qarluq, o'g'iz lahjalarida namoyon bo'ladi. O'zbek adabiy tili esa ana shu lahjalardagi so'zlarning ma'lum bir me'yoriga keltirilgan shaklidir. U muttasil o'sib, rivojlanib bormoqda. Uning rivojida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Hazrat Navoiy til xaqida shunday yozadilar: "Ko'ngil xazinasining qulfi tildir. Ul xazinaning kalitidin so'z bil".
O'z ona tilimizga bo'lgan muhabbatni xalqimizning, odamlarning samimiy suhbatlarida, yuksak axloqiy fazilatlarida ko'rib, beixtiyor shunday el farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.
Til madaniyat ko'zgusi va ruhimizning qanoti. Biz ona tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizniaslounutmasligimizkerak. O'zbekonalutf, muomala, milliyqadriyatlar, odob-axloqesa ona tilimizmadaniyatiningkalitidir.
Tongdek orombaxsh, quyoshdek nurli, ona og'ushidek issiq, bahordek tarovatli, yozdek haroratli, kuzdek saxovatli, qish qorlaridek beg'ubor tuyg'ularimizning tarjimoni bo'lgan, millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz, bizni yuksak ma'naviyatga, ma'rifatga, madaniyatga, istiqlolu istiqbolga etaklovchi bebaho ne'matdir. Shu bois ham har birimiz ona tilimizni asrabavaylashimiz, e'zozlashimiz lozim. Zotan, tilimizga e'tiborli bo'lsak, millatimiz qalbi ona tilimiz hech qachon zavol topmaydi.
Donishmand ota-bobolarimiz azaldan nutq madaniyatiga katta e'tibor berishgan. Ular qoldirgan asarlarni o'qir ekanmiz, har bir so'z o'z o'rnida qo'llanganiga guvoh bo'lamiz. So'z hissini doimo bilib yashashimiz, ona tilimizni asrab-avaylab, uni e'zozlashimiz har birimizning zimmamizga katta mas'uliyat yuklaydi.Millatning va milliy adabiyotning mavjudlik sharti bo'lgan ona tilimiz taqdiri uchun kuyinish, uning ravnaqi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish har birimizning burchimizdir.
Odiljon Narzullayev
Yangiyul tumani "IMOM SULTON’’ jome masjidi
imom-xatibi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan diniy soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari izchil ravishda tashkil etilmoqda.
Shu doirada Qashqadaryo viloyatida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalarning final bosqichi o‘tkazilib, shahar va tumanlardan saralangan g‘oliblar faol ishtirok etdilar. Qizg‘in bahslar yakunlanib, har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqich musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Musobaqada O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov ishtirok etib, qatnashchilarga ezgu tilaklar bildirdi va respublika bosqichida omad tiladi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat sport boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati