— Egizaklarga Fotima va Zuhra, Hasan va Husan deb ism qo'yish odati bor. Shu ismlarni qo'yishga shariatimizda biror ko'rsatma bor-mi?
— Egizaklarga boshqa ma'noli ismlarni ham qo'yish mumkin. Qolaversa, Hasan va Husayn roziyallohu anhumo egizak bo'lishmagan. Oralarida deyarli bir yosh farq bo'lgan.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro‘zadorga ikki xursandchilik bor. Qachon iftor qilsa, xursand bo‘ladi. Robbisiga yo‘liqqanida xursand bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Ulamolar ushbu hadisning sharhida bunday deydilar:
"Birinchi xursandchilik - farz ibodatni salomat holda bajargani, Alloh taolo unga kuch-quvvat va tavfiq bergani, ko‘plab savoblarga ega bo‘lgani uchun bo‘ladi.
Ikkinchi xursandchilik - oxiratda Robbiga yo‘liqqanida tutgan ro‘zasi uchun berilgan ulkan savoblarni ko‘rganida bo‘ladi".