Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2026   |   11 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:00
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2026, 11 Ramazon, 1447

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'zgardi

19.10.2021   10158   1 min.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'zgardi

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.

Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Ho'ja Alambardor», «Yunusobod Oqtepa», «Minor» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Sayfuddinov Rahmatulloh domlaga Alloh taolodan kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ro‘zadorning 2 xursandchiligi

28.02.2026   6215   1 min.
Ro‘zadorning 2 xursandchiligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro‘zadorga ikki xursandchilik bor. Qachon iftor qilsa, xursand bo‘ladi. Robbisiga yo‘liqqanida xursand bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolar ushbu hadisning sharhida bunday deydilar:

"Birinchi xursandchilik - farz ibodatni salomat holda bajargani, Alloh taolo unga kuch-quvvat va tavfiq bergani, ko‘plab savoblarga ega bo‘lgani uchun bo‘ladi.

Ikkinchi xursandchilik - oxiratda Robbiga yo‘liqqanida tutgan ro‘zasi uchun berilgan ulkan savoblarni ko‘rganida bo‘ladi".

Maqolalar