Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

“Islom tsivilizatsiyasi markaziga kirgan odam u erdan o'zgarib chiqishi kerak” – Shavkat Mirziyoev

19.10.2021   1548   1 min.
“Islom tsivilizatsiyasi markaziga kirgan odam u erdan o'zgarib chiqishi kerak” – Shavkat Mirziyoev

Shavkat Mirziyoev bugun Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuv davomida Islom tsivilizatsiyasi markazining ahamiyati haqida gapirdi.

“Azaldan Toshkent shahri milliy davlatchiligimizning yuksak taraqqiy etgan markazlaridan biri bo'lgan, desak ayni haqiqat bo'ladi. Qariyb uch ming yillik Shoshtepa, 2200 yillik tarixga ega Mingo'rik yodgorliklaridan topilgan noyob eksponatlar ham shundan dalolat beradi. 

Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy singari ulug' mutafakkirlar asarlarida Shosh, ya'ni Toshkent eli mard, jasur, o'z yurti himoyasiga hamisha tayyor, qo'li ochiq va saxiy insonlar sifatida ta'riflangan.

Bu zaminda tavallud topgan, Shoshiy, Toshkandiy taxalluslari bilan faoliyat ko'rsatib, bebaho asarlar yaratgan yuzlab ulug' zotlar dunyoviy va diniy ilmlar bo'yicha o'z zamonasining tengsiz olimlari hisoblangan.

Suzuk ota maqbarasi kabi muhtasham majmualar bunyod etayotganimiz, O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini qurayotganimizdan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Men bejiz bu joydan pulni ayamayapman. Islom tsivilizatsiyasi markaziga kirib chiqqan odam o'zgarib chiqishi kerak. Masalan, Beruniy tarixini o'rganmoqchi bo'lgan inson buyuk olim tilidan so'zlangan ovozni eshitadi.

G'alaba bog'ini ham bejizga barpo qilmadik. Bu ham bizning tariximiz, qancha qancha yurtdoshlarimiz jang maydonlaridan qolib ketishdi, front ortida mehnat qilishdi. Buni unutib bo'lmaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.

azon.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

16.04.2026   4962   1 min.
Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

 

Buxoro tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Imom Buxoriy” jome masjidida boshlangan muloqotlarda viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, diniy soha xodimlari, otinoyilar va mahalla faollari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida tuzilgan ishchi guruhlar hududdagi 6 ta masjid va 20 ta mahallaga biriktirilib, xayrli amallar amalga oshirildi. Jumladan, nuroniylar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bemorlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, nizoli va muammoli oilalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir nechta xonadonlarda yarashuvga erishildi.


“Yashil makon” loyihasi doirasida masjid hovlisiga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan bo‘lsa, “G‘uncha” bolalar bog‘chasiga uyushtirilgan tashrif jajji bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Naqshband.uz 

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari