Shavkat Mirziyoev bugun Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuv davomida Islom tsivilizatsiyasi markazining ahamiyati haqida gapirdi.
“Azaldan Toshkent shahri milliy davlatchiligimizning yuksak taraqqiy etgan markazlaridan biri bo'lgan, desak ayni haqiqat bo'ladi. Qariyb uch ming yillik Shoshtepa, 2200 yillik tarixga ega Mingo'rik yodgorliklaridan topilgan noyob eksponatlar ham shundan dalolat beradi.
Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy singari ulug' mutafakkirlar asarlarida Shosh, ya'ni Toshkent eli mard, jasur, o'z yurti himoyasiga hamisha tayyor, qo'li ochiq va saxiy insonlar sifatida ta'riflangan.
Bu zaminda tavallud topgan, Shoshiy, Toshkandiy taxalluslari bilan faoliyat ko'rsatib, bebaho asarlar yaratgan yuzlab ulug' zotlar dunyoviy va diniy ilmlar bo'yicha o'z zamonasining tengsiz olimlari hisoblangan.
Suzuk ota maqbarasi kabi muhtasham majmualar bunyod etayotganimiz, O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini qurayotganimizdan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Men bejiz bu joydan pulni ayamayapman. Islom tsivilizatsiyasi markaziga kirib chiqqan odam o'zgarib chiqishi kerak. Masalan, Beruniy tarixini o'rganmoqchi bo'lgan inson buyuk olim tilidan so'zlangan ovozni eshitadi.
G'alaba bog'ini ham bejizga barpo qilmadik. Bu ham bizning tariximiz, qancha qancha yurtdoshlarimiz jang maydonlaridan qolib ketishdi, front ortida mehnat qilishdi. Buni unutib bo'lmaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.
azon.uz
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar