Bugun, 18 oktyabr' muhtaram ulamolar asr namoziga quyidagi masjidlarga tashrif buyuradi
1. Homidjon domla Ishmatbekov O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Shayxontohur tumani “Firdavs” masjidi.
2. Salohiddin domla Sharipov O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Shayxontohur tumani “Huvaydo” masjidi.
3. Muhammadayyub domla Homidov O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim boshlig'i Yunusobod tumani “Yunusobod oqtepa” masjidi
4. Alijon qori Haydarov O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim boshlig'i Yunusobod tumani “Kamoliddin Orif Al Buxoriy” masjidi
5. Abdulhakim domla Matqulov Toshkent shahar “Ubay ibn Ka'b” masjidi imom-xatibi Olmazor tumani “Mirza G'olib” masjidi
6. Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkent shahar “Mirza Yusuf” masjidi imom-xatibi Olmazor tumani “Qaffol Shoshiy” masjidi.
7. Jaloliddin domla Hamroqulov Toshkent shahar “Novza” masjidi imom-xatibi Mirzo Ulug'bek tumani “Holmirza” masjidi
8. Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahar “Hoja Alambardor” masjidi imom-xatibi Mirobod tumani “Valixo'ja o'g'li Norxo'ja” masjidi
9. Isoqjon domla Begmatov Toshkent shahar “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidi
10. Yahyoxon domla Abdurahmonov “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Bektemir tumani
“Huton” masjidi
Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Har kuni farzandlarimni bog‘chaga olib borar ekanman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini eslataman: “Taomlanishdan oldin qo‘llaringizni yuving, ovqatni o‘ng qo‘lingiz bilan “bismillah”ni aytib yeng, taomlanib bo‘lib Allohga hamd ayting, Allohni zikr qilishni unutmang, ayniqsa “Subhanallohi va bihamdihi”ni ko‘p ayting, juma kunlari salavot: “Allohumma solli ’alaa Sayyidina Muhammad”ni aytishni ko‘paytiring”.
Kunlarning birida bolalarimni bog‘chaga olib ketardim. Odatdagidek kundalik odoblarni unutmasliklarini birma-bir takrorlab, eslatdim. Bolalarimni bog‘cha opasiga topshirib, “Allohim farzandlarim O‘zingga omonat. Hasbiyallohu laa ilaha illa huva ’alayhi tavakkaltu va huva Robbul ’arshil ’aziym”, deb ortimga qaytdim.
Shunda bog‘cha opasi: “Farzandlaringiz juda tarbiyali. Har safar ovqatlanib bo‘lishgach, duo qilishadi”, dedi. Bu gapdan nihoyatda quvonib ketdim. Chunki dilbandimning sevikli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odoblaridan biriga amal qilishi men uchun dunyo va undagi jamiki narsalardan sevimliroqdir. Shunda hayolimda faqat bir gap aylanardi: “Demak, farzandlarga odobni qayta-qayta eslataverish, aslo malollanmaslik va erinchoqlik qilmaslik kerak ekan”.
Siz ko‘zingiz quvonchiga qaysi odoblarni eslatyapsiz.....?
Davron NURMUHAMMAD