Shotlandiyadagi turli dinlarning rahbarlari siyosatchilarni qashshoqlikka qarshi kurash uchun chora ko'rishga undash uchun birlashdi. Shotlandiya Musulmonlar kengashi, katolik cherkovi, sikx qavmi va boshqa dinlarning vakillari imzolagan qo'shma bayonot qashshoqlikka qarshi haftalikning boshida e'lon qilindi. "Shotlandiyada hozir juda ko'p odamlar, jumladan, har to'rt boladan biri qashshoqlikning doimiy bosimi ostida yashamoqda", - deyiladi bayonotda.
"Jamoalarni qo'llab-quvvatlash, qashshoqlik iskanjasida yashovchi va ularning ovozlariga ko'pincha e'tibor berilmaydigan odamlarni himoya qilish va global isishning eng yomon oqibatlarini yumshatish uchun harakat qilish kerak".
Qashshoqlikka qarshi kurashish uchun to'g'ridan-to'g'ri harakat qilishga chaqirgan diniy rahbarlar, shuningdek, global isish va iqlim o'zgarishiga murojaat qilish ham muhtojlarga yordam berishning asosiy qismi hisoblanadi va ikkala inqiroz ham "bir-biriga bog'liq". "Biz, shuningdek, bu inqirozlar o'zaro bog'liq ekanligi, ayniqsa, qashshoqlik iskanjasida qolgan odamlar iqlim o'zgarishining eng katta ta'sirini boshlaridan o'tkazayotganligini tan olamiz", - deyiladi bayonotida.
"Biz duch kelayotgan muammolar qarshisida Shotlandiyaning diniy guruhlari Shotlandiyaning qashshoqlik changalidan ozod bo'lishiga va iqlim inqiroziga zudlik bilan javob berishiga umid bog'lamoqda".
"Bu shoshilinchlilik rahm-shafqat hissi bilan birga bo'lishi kerak".
Bayonot Shotlandiya musulmon Kengashidan Umar Afzal; Shotlandiya cherkovi, Bosh Assambleya moderatori Lord Jim Uolles, Shotlandiya katolik episkoplar konferentsiyasi nomidan Adolat va tinchlik bo'yicha Shotlandiya komissiyasi Prezidenti, episkop Uil'yam Nolan va Shotlandiya do'stlari diniy jamiyati (kvakerlar) Umumiy yig'ilishi kotibi Elizabet Allen tomonidan imzolangan.
Islam.ru xabariga ko'ra, 4 oktyabrdan 10 oktyabrgacha bo'lib o'tgan qashshoqlikka qarshi haftalik "qashshoqlik – bu biz hal qilishimiz mumkin bo'lgan muammo ekanligini ta'kidlashga chaqirilgan".
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabar #mahorat #imom
Bugun, 16 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan 80 nafardan ziyod voiz imom domlalar uchun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida “Zamonaviy axborot makonida diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarining media-targ‘ibot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb jihatlari” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvi boshlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov, mazkur institut direktori Husniddin Ahmedov va tinglovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Homidjon domla bugungi murakkab davr barcha soha vakillari qatorida imom domlalardan ham o‘z bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash yo‘lida jiddu jahd qilishni talab etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, notiqlar mazkur kursning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ikki hafta davom etadigan mazkur o‘quvda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzularda dars mashg‘ulatlari olib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati