AQShning 3-Prezidenti (1801-1809 yillar) Tomas Jeffersonga tegishli Qur'onning tarixiy nusxasi Expo 2020 Dubai ko'rgazmasidagi amerika pavil'onida namoyish etildi.
"U #USAP pavil'onida "Hayot, erkinlik va kelajakka intilish" mavzuimizning ajralmas qismi sifatida namoyish etiladi", – deyiladi Dubaydagi «Ekspo-2020» ko'rgazmasi amerika pavil'onining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkauntida.
Jefferson Qo'shma Shtatlarning asoschilaridan biri bo'lib, Mustaqillik Deklaratsiyasining asosiy muallifi sifatida keng tanilgan.
1734 yilgi Qur'onning ikki jildli nashri, shuningdek, Makkaning ramkali xaritasi Kongress kutubxonasidan to'rt dyuymli qoplama va alohida patnislar bilan buyurtmaga tayyorlangan yog'och yashikda berilgan.
Islam.ru xabariga ko'ra, qo'riqlash va xavfsizlik xodimlari Dubaydagi butunjahon tadbiri yo'lida tarixiy artefaktlarga hamrohlik qilishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar.
Fin yurtining din peshvolari ayni kunlarda mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Muloqotda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani, o‘tgan oyda Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘targani, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida hamkorlik rivojlanib borayotgani, xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyacining Finlandiyaga safari juda ham samarali kechganiga urg‘u berildi.
Finlandiya delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik borasidagi ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati