O'tgan davr mobaynida Qo'mitaga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 861 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 249 tasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Halq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali, 158 tasi Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi orqali, 66 tasi turli tashkilotlardan, 388 tasi bevosita fuqarolardan kelib tushgan.
Murojaat yo'nalishlari quyidagicha:
– diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha 521 ta;
– dinshunoslik ekspertizasi o'tkazish bo'yicha – 161 ta;
– Haj va Umra ziyoratiga doir masalalar bo'yicha – 24 ta;
– diniy ta'lim masalasida – 26 ta;
– noislomiy konfessiyalar yo'nalishida - 30 ta;
– boshqa masalalarda – 99 ta.
Murojaatlar sonining o'sish, pasayish dinamikasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yil yanvar'-sentyabr' oylari davomida kelib tushgan murojaatlar soni 660 tani tashkil etgan bo'lsa, joriy yilning mos davriga nisbatan ushbu ko'rsatkich 861 tani tashkil etib, 201 taga ko'payganini ko'ramiz.
Joriy yilning 1-2-3 choragi davomida Qo'mita tomonidan oyiga o'rtacha 95 ta murojaat ro'yxatga olingan. Ularning aksariyat qismi Toshkent, Andijon, Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan.
Murojaatlarda ko'tarilayotgan asosiy masalalar.
Qo'mitaga kelib tushgan 861 ta murojaatning 521 tasi Diniy-ma'rifiy tashkilotlar va diniy soha xodimlari bilan ishlash bo'limi tomonidan ko'rib chiqilgan. Ularda asosan diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, yangi diniy tashkilot qurilishiga ruxsat olish masalalari ko'tarilgan.
Mazkur masalalar yuzasidan O'zbekiston Respublikasining
2021 yil 5 iyulda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi” Qonuniga muvofiq diniy tashkilotlar adliya idoralari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilishi, ushbu jarayonning tartiblari va shartlari haqida fuqarolarga batafsil ma'lumot berilgan.
Dinshunoslik ekspertizasi bo'limi tomonidan 161 ta murojaat o'rganib chiqilgan. Ularda asosan fuqarolarning respublika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarni olib kirish, ularni tayyorlash va tarqatish masalalari yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli javoblar berilgan.
Shuningdek, o'tgan davr mobaynida Haj va Umra ziyoratlari bilan bog'liq 24 ta murojaat o'rganib chiqilgan. Murojaatchilarga belgilangan tartibda javoblar berilgan.
Qolaversa, Diniy ta'lim olish bilan bog'liq 26 ta murojaat hamda Noislomiy konfessiyalar faoliyati bilan bog'liq 30 ta murojaat tegishli bo'limlar tomonidan o'rganib chiqilgan va har bir murojaat bo'yicha fuqarolarga ma'lumot berilgan.
Qolgan turli masalalar bo'yicha kelgan 99 ta murojaat ham o'rganib chiqilib, Qo'mita tomonidan murojaatchilarga asoslantirilgan javob xatlari yuborilgan.
Shu o'rinda, murojaatlarning ko'rib chiqilish natijalari haqida ma'lumot berib o'tsak.
Qo'mitaga kelib tushgan 861 ta murojaatdan 615 tasiga huquqiy ma'lumot berilgan, 187 tasi ijobiy hal qilingan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi Qonunning 29-30 moddasiga asosan, 4 tasi rad etilgan, 29 tasi bo'yicha o'rganish jarayoni davom etmoqda.
وحدثنا إسحاق بن إبراهيم بن جبلة نا عبيد الله بن موسى أنا إسرائيل، عن سماك أنه سمع موسى بن طلحة يحدث عن أبيه قال: مررت مع النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم في نخل فرأى قوما في رءوس النخل يلقحون النخل فقال: ما يصنع هؤلاء؟ قالوا: يجعلون الذكر في الأنثى قال: ما أظن ذلك يغني شيئا فبلغهم ذلك فتركوه فنزلوا عنها فبلغ ذلك النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: إنما هو ظن ظننته، إن كان يغني شيئا فاصنعوه، فإنما أنا بشر مثلكم وإن الظن يخطئ ولكن ما قلت لكم: قال الله تعالى فلن أكذب على الله عز وجل.
Muso ibn Talha otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bilan birga (Madina) xurmozorlari orasidan o‘tdim. U zot xurmolar ustiga chiqib olib, changlatayotgan odamlarni ko‘rib: “Anavilar nima qilishmoqda?” dedilar.
Odamlar: “(Xurmoning) erkagini urg‘ochisiga qo‘shmoqda”, dedi.
U zot: “Menimcha, undoq qilish biror foyda bermas, deb gumon qilaman”, dedilar.
Haligi odamlarga buning xabari yetib borganda, ular u(changlatish)ni tark qildi va xurmolardan tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallamga bu haqda xabar berilganda: “U mening bir gumonim, agar o‘sha narsa ularga manfaat bersa, uni qilaversin! Albatta, men ham sizlar kabi basharman. Albatta, gumon xato qiladi. Lekin sizlarga “Alloh taolo bunday dedi”, deb biror narsa aytsam, zinhor Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on so‘zlamayman”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD