Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

Rasulullohning sunnatlarida dunyo va oxirat uchun foydalar bor (2-qism)

12.10.2021   1971   2 min.
Rasulullohning sunnatlarida dunyo va oxirat uchun foydalar bor (2-qism)

 

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Idishlarning og'zini yopib, eshiklarni tambalab va chiroqlarni o'chirib yotinglar, chunki sichqon pilikni tortib yuborib, uy ahlini yoqib yuborishi mumkin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, o't chiqishiga sabab bo'ladigan jihozlar, ya'ni gaz va elektr jihozlariga uyqudan oldin e'tibor berish ham dinimiz odoblaridan ekan. Bu hadis nafaqat dunyoviy manfaatlarni, balki diniy manfaatlarni ham o'z ichiga olgan. U asrash lozim bo'lgan har bir jonga e'tibor va behuda sarflash gunoh bo'lgan molni saqlashga undovdir.

Qolaversa, zamonaviy ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, uxlagan paytda chiroqni yoniq qoldirish inson miyasining muhim joylariga ta'sir qilib, turli iztirob va ruhiy tushkunliklarga hamda semirib ketishga sabab bo'ladi. Shuning uchun olimlar tana va miya dam olishi uchun tunda chiroqlarni o'chirib yotishni tavsiya qilishadi.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

11.08.2026   570   1 min.
Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.

Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.

Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari