Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Sentabr, 2025   |   9 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:49
Peshin
12:28
Asr
17:01
Shom
19:00
Xufton
20:16
Bismillah
01 Sentabr, 2025, 9 Rabi`ul avval, 1447

Tashrif xayrli ishdan boshlandi

12.10.2021   1645   1 min.
Tashrif xayrli ishdan boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

Qur'on tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan suhbatda ilmning ahamiyati, yoshlar tarbiyasi haqida so'z bordi.

- Buxoro azaldan ilm, ma'naviyat markazi. Qadimda bu erda 30 dan ortiq oliy madrasa bo'lgan. Hech qayerdan buncha ko'p ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashishda Buxoroning o'z o'rni bor, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari ziyoratgohlarni va ularga olib boradigan yo'llarni obod qilish, ichki turizmni rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.

- Ziyorat xalqimizning ajdodlarga bo'lgan hurmatini, yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bu erga boshqa hududlardan yangi yo'nalishlar ochib, yoshlarni olib kelish, bilimini oshirish muhim, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoev bugun hudud rivoji bilan tanishadi, shuningdek, O'zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida buxorolik saylovchilar bilan uchrashadi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Habibimiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qisqacha siyratlari

27.08.2025   13474   1 min.
Habibimiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qisqacha siyratlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ismlari Muhammad va Ahmaddir. 

2. Eng birinchi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlarini Hazrati Ibrohim alayhissalom duo qildilar. 

3. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari sakkiz yoki o‘n yoki o‘n ikkinchi Robi’ul avval, 22-aprel, 571-milodiy sana dushanba kuni subhi sodiq vaqtida bo‘ldi.

4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qavmlari Bani Hoshim, qabilalari Quraysh, nasllari Arabdir. 

5. Nabiy sollallohu alayhi vasallam otalarining ismi Abdulloh va onalarining ismi Ominadir. 

6. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bobolarining ismi Abdulmuttolib, buvilarining ismi Fotima binti Amrdir. 

7. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ona tomonidan bobolarining ismi Vahb va ona tomonidan buvilarining ismi Barrodir. 

8. Nabiy sollallohu alayhi vasallam otalarining vafoti yigirma besh yoshlarida bo‘ldi. U kishining qabrlari Madinai Munavvaradadir. Muhtaram otalarining vafotlari chog‘ida Nabiy sollallohu alayhi vasallam onalarining qornida edilar. 

9. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni tug‘ilganlaridan keyin to‘rt kungacha onalari emizdilar. Keyin bir necha kun Abu Lahabning cho‘risi Suvayba, keyin Hazrati Halima roziyallohu anho emizdilar. Hazrati Halima roziyallohu anhoning huzurida jami to‘rt yil turdilar. Keyin onalariga qayta topshirildilar. 

10. Nabiy sollallohu alayhi vasallam olti yosh bo‘lganlarida onalari o‘ttiz yoshlarida vafot etdilar. Onalarining qabri Madinai Munavvaradan Makkai Mukarramaga qarab yurganda sakson mil uzoqlikda Abvo degan joydadir. 

11. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sakkiz yosh bo‘lganlarida bobolari Abdulmuttolib to‘qson sakkiz va bir so‘zga ko‘ra bir yuz o‘n yoshda vafot etdi. 

Abdulqayyum Komil
tarjimasi