Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 11 oktyabr' kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.
Davlat rahbari avvalo Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat etildi.
Bu ulug' mutafakkir HI asrda yashagan. Moturidiya ta'limotining davomchisi, aqida ilmining etuk bilimdoni sifatida dinimiz sofligini saqlagan, adashganlarni ma'rifat bilan to'g'ri yo'lga boshlagan. Lekin uzoq yillar uning merosi ham, qadamjosi ham e'tibordan chetda qolib ketgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan alloma maqbarasi obod va ulkan ziyoratgohga aylantirildi. Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Bu erda yangi masjid, muzey, kutubxona va ma'muriy binolar qurilgan. Daraxtlar, gullar ekilib, so'lim bog' tashkil etilgan. Abu Muin Nasafiy kitoblarining nomi va o'gitlari yozib qo'yilgan. Ziyoratgohda XI asrga oid yodgorlik va quduq, XIII asrda qurilgan eski masjid ham saqlanib qolgan.
Prezidentimiz yangi masjid va muzeyni kirib ko'rdi. Muzeyda Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari mul'timedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu erda qadimgi Samarqand qog'oziga bitilgan Qur'oni karimning asl nusxasi, matoga to'qib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda.
Shavkat Mirziyoev alloma asarlari bugungi kunda ham dolzarbligini, ularning mag'zini xalqimizga, yoshlarga etkazish kerakligini ta'kidladi. Shu maqsadda Qarshi davlat universiteti qoshida Abu Muin Nasafiy nomida ilmiy markaz tashkil etish taklifini bildirdi.
president.uz
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati O‘zAga ma’lum qilishicha, qo‘mita O‘zbekistonning ushbu obyektni asrash bo‘yicha sa’y harakatlarini yuqori baholab, YUNЕSKO Butunjahon merosi markazi hamda IKOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlarni asrash bo‘yicha xalqaro kengash) bilan samarali hamkorlik muhimligini alohida qayd etdi.
Kelgusi bosqich sifatida O‘zbekistonga takroriy nominatsiyani tayyorlash uchun uch yil muddat berildi. Unda Shahrisabzning siyosiy, madaniy va diniy markaz sifatidagi betakror tarixiy rolini aks ettiruvchi temuriylar davri me’moriy merosiga alohida urg‘u qaratiladi.
Shaharning tarixiy qismi bufer hudud sifatida belgilanishi rejalashtirilgan, bu uning madaniy qiymatini yanada samarali asrash imkonini beradi. Mazkur qaror xalqaro hamkorlik doirasida olib borilgan tizimli va ochiq muloqotlar natijasi bo‘ldi.
Anjumanda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etib, YUNЕSKO, IKOMOS va barcha xalqaro hamkorlarga bildirilgan ishonch va ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.
Behruz XUDOYBЕRDIYEV,
O‘zA