— Masjidlarda oldingi qatorlarga ko'proq yoshlar o'tirib olganini ko'p ko'ryapmiz. Kattalarni hurmat qilib, ularga joy berishmaydi ba'zan. Va ayrimlari boshyalang holda namoz o'qiydi. Savolim: masjidlarda old qatorlarda yoshlar o'tirishi va do'ppisiz bo'lishlari joiz-mi?
— Imomning ortida imomlikka o'tishga to'g'ri kelib qolsa, o'ta oladigan odam turishi maqsadga muvofiqdir. Masjidga kim oldin kelsa, safni boshidan to'ldirib keladi. Oldingi safga avval kelgan kishi haqli bo'ladi. Keyin kelganlar uni boshqa joyga o't, deyishga haqlari yo'q. Ammo kattalarni hurmat qilib, ularga oldingi safdan joy berishlari odob doirasidagi ishlardandir. Bosh kiyimga kelsak, namozni bosh kiyim bilan o'qish uning savobi to'liq bo'lishiga sabab bo'ladi. Chunki bu sunnat amaldir. Bosh kiyimsiz namoz o'qish esa makruhlik ila joiz bo'ladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida zabardast olim, filologiya fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlangan “Manbashunoslik maktabi: tarix va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi I respublika ilmiy konferensiyasi tashkil etiladi.
2026 yil 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan nufuzli tadbirda yurtimizning taniqli ulamolari, yetuk soha olimlari, mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiyada quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
Konferensiya nafaqat ilmiy doira vakillari, balki keng jamoatchilik uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etiladi. Ishtirok etish uchun maqolalarni 2026 yil 17 fevralga qadar yuborishingiz so‘raladi.
Texnik talablar:
Bog‘lanish uchun:
Tel/Telegram: +998 99 272 82 51
Elektron pochta: termiziycenteruz@gmail.com
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati