Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2026   |   22 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:57
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
07 Iyul, 2026, 22 Muharram, 1448

BAA Venerani zabt etmoqchi

10.10.2021   2450   1 min.
BAA Venerani zabt etmoqchi

BAA vitse-prezidenti, BAA Bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum Venera va Quyosh tizimining asteroid kamarini o'rganish bo'yicha ulkan rejalarni e'lon qildi.

Islam.ru xabariga ko'ra, yangi missiya mars missiyasiga nisbatan besh barobar qiyin bo'ladi, uning doirasida ettita asteroidlar kashf etilishi rejalashtirilgan, bunda birinchi marta asteroidga arab qo'nishi amalga oshiriladi.

Amirlik kosmik kemasi besh yillik safarga chiqib, 3,6 milliard kilometr masofani bosib o'tishi rejalashtirilgan. U Venera orbitasida gravitatsion manevrlarni, so'ngra Yer, Marsdan tashqaridagi asosiy asteroid kamariga uchish uchun kerakli tezlikni qo'lga kiritadi.

BAA kosmik agentligi ma'lumotlariga ko'ra, besh yillik ekspeditsiya 2028 yilda boshlanadi. Kosmik kema Boulderdagi Kolorado universitetining Atmosfera va kosmik fizika laboratoriyasi (LASP) bilan hamkorlikda etti yil ichida quriladi.

Qayd etilishicha, missiya BAAning strategik loyihalaridan biriga aylanadi, uning amalga oshirilishi mamlakatning 50 yilligiga bag'ishlanadi. Shayx Muhammadning ta'kidlashicha, osmondagi barcha yulduzlarning uchdan bir qismi arabcha nomlarga ega, chunki arablar astronomiya sohasida peshqadam bo'lganlar. "Bizning missiyamiz arab tsivilizatsiyasini ulug'laydi", - deydi Bosh vazir.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

06.07.2026   9372   2 min.
Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yurtimizda 7-11 iyul kunlari o‘tkaziladigan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhamedov, ISЕSKO rahbari Salim Muhammad hamda xalqaro al-Furqon jamg‘armasi raisi Sali Shahsuvariy so‘zga chiqdi.


Matbuot anjumanida mazkur nufuzli tadbirning maqsad va vazifalari, uning xalqaro ahamiyati hamda forum doirasida rejalashtirilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot berildi.


Ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilayotgan forumda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli ulamolar, muftiylar, islomshunos olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.


Ushbu forum islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, ilm-ma’rifat va insonparvarlikka asoslangan asl mohiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mazkur anjuman O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, buyuk allomalar merosi va ma’rifiy an’analarini dunyo miqyosida yanada keng namoyon etishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.


Ma’lumot o‘rnida, shu yil 7–8 iyul kunlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida konferensiyalar bo‘lib o‘tadi. 9–10 iyul kunlari esa Samarqand va Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziyning ilmiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.


Forum doirasidagi bunday uchrashuv va muhokamalar ilm-fan, dinlararo muloqot, bag‘rikenglik va ma’rifat tamoyillarini mustahkamlashda muhim amaliy maydon vazifasini bajaradi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari