Buyuk Britaniyaning The Times gazetasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston sayyohlar uchun eng jozibali, diqqatga sazovor joylar ro'yxatiga kiritilgan. Respublikamiz reytingning beshinchi pog'onasini egalladi, undan yuqoridagi o'rinlarni Avstraliya, Hindiston, Mekong daryosi va Norvegiyaning mashhur joylari bor.
Nashrning ta'kidlashicha, qadimiy Ipak yo'li romantikasini o'zida aks ettiruvchi O'zbekistonning jahonga mashhur arxitekturasi, muzeyi va me'morchiligi ham jozibali joylar sifatida tilga olingan.
Hozir buyuk sayyohlik shaharlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Samarqandning Registon maydonidagi ko'k gumbazlar bilan bezatilgan madrasalar “dunyoning qadimiy mo''jizasi”, Buxoroning tumanli ko'chalari, ranglari bilan uyg'un bo'lgan cho'li, “Hivaning 1500 yillik tarixga ega yaxshi saqlanib kelinayotgan yozgi islomiy me'morchiligi "blokbaster" foniga aylanishi mumkinligi bilan kishi e'tiborini o'ziga tortadi.
TRT xabariga ko'ra, O'zbekistonda vizasiz rejim bor, bu mamlakatda o'zlari uchun g'ayrioddiy narsalarni kashf etishni istagan kishilar uchun jozibador qiladi, deydi gazeta mualliflari.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Shu yil, 2 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent shahar "Rakat" jome masjididagi taroveh namozida ishtirok etib, jamoatga Ramazoni sharif fazilati, tinchlik-osoyishtalikni qadri to‘g‘risida go‘zal suhbat qilib berdilar.
Muftiy hazratlari masjidga yig‘ilgan mo‘min-musulmonlarga bu yil Ramazoni sharif yurtimizda o‘zgacha shukuhda o‘tayotgani, bir oygina mehmon bo‘lgan g‘animat oyning rahmat dahasi ham tugab, ikkinchi o‘n kunlik – mag‘firat dahasi boshlangani, ayni kunlarda Alloh taolodan ko‘proq ofiyat so‘rash lozimligi, bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Allohdan afv va ofiyat so‘ranglar. Chunki biror kishiga iymondan keyin ofiyatdan-da yaxshirog‘i berilmagan”, deya marhamat qilganlarini bayon etdilar.
Shuningdek, duolar qabul bo‘ladigan fursatlarda Haq taolodan dunyoning ko‘plab hududlaridagi notinchliklar tez orada barham topishi va yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni bardavom bo‘lishini so‘rash, ushbu ne’matning qadriga yetish lozimligini qayd etdilar.
Manfaatli suhbat yakunida Muftiy hazratlari Alloh taolodan barchaga ikki dunyo saodatini nasib qilishini so‘rab, elu yurtimiz haqqiga xayrli duolar qildilar.
#xabar #taroveh #muftiy
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati