Germaniyaning Kyol'n shahrida o'tkazilayotgan Jahon oziq-ovqat va ichimliklar yarmarkasida halol mahsulotlar bozoriga yo'naltirilgan formatda Anuga Halal Market bozori tashkil etildi. Halol bozor ham qiyinchilik, ham yangi imkoniyatni o'zida namoyon qiladi.
Halol mahsulotlarning zarur shaffofligi va sanoatlashuvi Germaniyada yashovchi besh milliondan ortiq va Yevropa bo'ylab 50 milliondan ortiq musulmonlarning xavfsizligi va sifat talablariga javob beradigan sertifikatlashni talab qiladi.
2021 yilning 9 oktyabridan 13 oktyabriga qadar chakana savdo shoxobchalarida bo'lib o'tadigan Anuga Halal Market bozori go'sht va sut mahsulotlaridan tortib muzlatilgan oziq-ovqat, shirinlik va yaxna ovqatlargacha bo'lgan halol sektorning butun taklifini qamrab oladi.
Islam.ru xabariga ko'ra, maxsus ko'rgazma oziq-ovqat chakana savdosi vakillariga halol mahsulotlarning assortimenti bilan tanishib chiqish imkonini beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Hozirgi kunda ko‘pchilik yoshlar o‘zi yoqtirgan mashhurlarning hayotini qiziqib o‘rganadi. Masalan, sportchi yoki mashhur qo‘shiqchilarni qachon, qayerda tug‘ilgani, nima ovqatni yoqtirishi, xobbisi haqidagi ma’lumotlarni ikir-chikirigacha biladi. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin muhabbat qo‘yishga eng loyiq zotlar, o‘zining dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan ota-onasi haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Aslida, kishining o‘xshashga intilgan kishisi ota-onasi va ustozlari bo‘lishi kerak, shunday emasmi?! Zotan, ular fe’l-atvorlarini o‘rganishingiz va yaxshilik qilishingizga eng munosib kishilardir. Siz ota-onangizni qanchalik yaxshi bilasiz? Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz? Quyida ba’zi savollarni keltirib, javobni o‘zingizga qoldiramiz. Undagi bo‘shliqni to‘ldirib, ota-onangiz haqida qiskacha ma’lumotlarni o‘zingiz uchun yozib qo‘ysangiz, kelgusida ularga xizmat qilishda va ko‘ngillarini yanada ko‘tarishda qo‘l keladi, inshaalloh!
1. Otangiz nimadan ko‘proq xursand bo‘ladi?
2. Nimadan ko‘proq xafa bo‘ladi?
3. Kimni va nimani ko‘proq yaxshi ko‘radi?
4. Eng yakin do‘sti kim?
5. Qaysi taomni yoqtiradi?
6. Qaysi rangni yoqtiradi?
7. Qanday kiyimlarni yoqtiradi?...
«Qiblagoh» kitobi asosida tayyorlandi