Yaponiyada kam sonli musulmonlar bo'lsa-da, biroq bu erda mashhur din Islomdir. Musulmonlarning aksariyati musulmon muhojirlardir. Bu muhojirlarning ba'zilari 1980 yillarda mamlakat iqtisodiy yuksalish davrida sanoat uchun ishchi kuchi kerak bo'lgan paytda kelgan. Bu haqda Iqna.ir saytiga asoslanib islom.uz xabar bermoqda.
Islom hali ham Yaponiyada ozchilikni tashkil qiladi va u erdagi musulmonlarning soni hozircha noma'lum. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, ularning soni 50-70 mingni tashkil qiladi, deyilgan. Shulardan 90% muhojir. Yaponiya musulmonlarining aksariyati Tokio va Kobe shaharlarida yashaydi. Birinchi yapon masjidi ham Kobeda qurilgan.
Sidzuoka — Yaponiya hukumati qarori bilan aniqlangan shahar bo'lib, Sidzuoka prefekturasining ma'muriy markazi hisoblanadi. Shaharda 690 mingga yaqin musulmonlarning kichik bir guruhi istiqomat qiladi.
Sidzuoka musulmonlari assotsiatsiyasi (SMA) - 2010 yilda uning atrofida yashovchi musulmonlar tomonidan tashkil etilgan. Bu uyushmaning maqsadi – diniy marosimlar, islomshunoslik, iftorlik, xayriya tadbirlari, zakot va sadaqa yig'ish, juma namozi va Qurbon hayiti hamda ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilish orqali shahar musulmonlarining hayoti va ijtimoiy ehtiyojlarini yaxshilashdir.
Uyushma asoschilarining fikriga ko'ra, birlashishning maqsadi yapon xalqining ma'naviy ehtiyoji edi. Uyushma saytida yozilishicha, «2011 yildagi vayronkor sunamidan keyin Yaponiya og'ir holatga tushib qolgan. Afsuski, ko'pchilik haligacha Islom yo'liga qadam qo'ymagan. Bu ehtimol, jamiyatda islomning kuchsizligi, aksariyat yaponlarning islom haqida hech qanday tasavvurlari yo'qligi yoki noto'g'ri tushunganliklari bilan bog'liqdir.
Bayonotga quyidagi so'zlar kiritilgan: «Yaponiya islomni o'rganishga tayyor deb hisoblaymiz va sizning qo'llab-quvvatlashingiz bilan bu loyiha haqiqiy Islom ta'limotlarini namoyish qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi deb umid qilamiz».
Sidzuoka musulmonlari uchun ulkan loyihalar
Uyushmaning asosiy maqsadlaridan biri shahar musulmonlari uchun masjid qurilishiga mablag' yig'ishdir. Masjid hozir Sidzuoka masjidi deb nomlanadi. U bir paytlar qurilgan shaharning islomiy markazi va kundalik ibodat joyiga aylanishi mumkin bo'lgan loyihadir.
«Musulmonlar ozchilik bo'lgan mamlakatlarda, odamlar islomni tanishlari uchun yoqimli va ta'limiy muhit yaratishda masjidlar muhim rol' o'ynashi kerak. Endi Yaponiya Tokio Olimpiada o'yinlarini o'tkazishni boshlaganida, biz yaponlarning turli madaniyatlaridan, shu jumladan islomdan o'rganishga tayyorligini ko'ramiz. Shunday qilib, ushbu loyihani boshlash vaqti juda yaqin», deya xabar beriladi uyushma saytida.
Shaharda quriladigan masjid 400 kishilik sig'imga ega bo'lib, uchrashuvlar va tadbirlar uchun alohida konferentsiya zali bunyod etiladi.
Bu loyihada Islom markazi uchun ham, masjid uchun ham, oshpazlik darslari uchun oshxona va bolalar o'yin xonalariga joy ajratilgan. Shuningdek, yaponlarning halol mahsulotlari uchun 3 ta do'kon va turistlarga mo'ljallangan 15 ta xona qurish rejalashtirilgan.
Masjidning qurilish qiymati 6 million AQSh dollarini tashkil etadi va qurilish muddati taxminan bir yarim yildan oshadi.
Dizaynerlar tomonidan o'ylab topilgan, Sidzuoka masjidi Yaponiyaning eng yashil masjidlaridan biri hisoblanadi. Masjid dizaynerlari ekologik toza bo'lib, jumladan, quyosh batareyalari, shamol turbinalari, quduq suvi va mahalliy qurilish materiallarini yaratish uchun Yaponiyada mavjud bo'lgan eng yaxshi imkoniyatlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.





O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10-15-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi.
Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.
Haftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.
Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati