Aka va singil Shohida Rahmon va Kali Karim pandemiyadan keyin ko'pchilik duch kelgan qiyinchiliklardan odamlar omon qolishiga yordam berishga qaror qilishdi. Kembrijdan bir oila mahalliy masjid bilan hamkorlikda Etnik jamoalar forumi (CECF) va mashhur Mill Road Al-Amin oziq-ovqat do'koni egasi Abdulla Qayum, Covid-19 ga javoban Kembrij musulmon javobini tashkil etishdi.
Aka va singil qisqa vaqt ichida 5 600 funt sterling to'plashdi. Ularning sa'y-harakatlari tufayli koronavirus pandemiyasi tufayli o'zini oziq-ovqat bilan ta'minlay olmagan insonlarning ko'plarining hayoti saqlab qolindi.
Keyinchalik Shohida va Kali o'z tashabbuslarini rahmatli otalari sharafiga "Karim jamg'armasi" deb nomlangan xayriya tashkilotiga rasmiylashtirdi.
"Etnik guruhlarning ayrim vakillari oziq-ovqat bankidan yordam so'rashni xohlamaydi yoki uyaladi, ko'pchilik esa sukut saqlagancha jabr chekmoqda", - deydi musulmonlar.
Islam.ru xabariga ko'ra, 2020 yilning sentyabrida "Karim" jamg'armasi tashkil etilganiga bir yil bo'lganini nishonlaydi, ularning qaramog'ida oziq-ovqat oladigan, yoqilg'i, ko'rpacha, isitgich va dori-darmon bilan ta'minlanadigan 450 nafar kishi bor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining majlislar zalida viloyatdagi imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtorovich ishtirok etdi. Unda 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
Yig‘ilishda imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘z ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarur ekani alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, imomlar hududlardagi MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, hojilar bilan birgalikda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarning oldini olish, keksalarni hurmat qilish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun barcha birdek mas’ulligi kabilarga alohida e’tibor qaratish ta’kidlandi.









O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati