A'zolari soni jihatidan dunyoning ikkinchi yirik tashkiloti hisoblanuvchi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga 1969 yilning 25 sentyabrida Marokashning Rabot shahrida asos solingan edi.
O'sha paytda tashkilotning maqsadlari sifatida musulmon davlatlar o'rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalar bo'yicha birdamlikni ta'minlash, mustamlakachilik, neomustamlakachilik va irqchilikka qarshi kurashish hamda Falastin ozodlik tashkilotini qo'llab-quvvatlash tilga olingan edi.
O'tgan vaqt davomida IHT islom dunyosining huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlararo hamkorlik platformasiga aylandi. U umumiy aholisi 1,7 milliard bo'lgan 57 davlatni o'z atrofida birlashtirgan.
Bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan mazkur tashkilot 2011 yilgacha Islom konferentsiyasi tashkiloti deb atalgan. IHT tarkibida to'rtta doimiy qo'mita ishlab turadi, bular Quddus, Axborot va madaniyat masalalari, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha, Ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha qo'mitalardir.
azon.uz
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati