Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Tarixda bugun: Islom hamkorlik tashkilotiga asos solindi

27.09.2021   2697   1 min.
Tarixda bugun: Islom hamkorlik tashkilotiga asos solindi

A'zolari soni jihatidan dunyoning ikkinchi yirik tashkiloti hisoblanuvchi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga 1969 yilning 25 sentyabrida Marokashning Rabot shahrida asos solingan edi.

O'sha paytda tashkilotning maqsadlari sifatida musulmon davlatlar o'rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalar bo'yicha birdamlikni ta'minlash, mustamlakachilik, neomustamlakachilik va irqchilikka qarshi kurashish hamda Falastin ozodlik tashkilotini qo'llab-quvvatlash tilga olingan edi.

O'tgan vaqt davomida IHT islom dunyosining huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlararo hamkorlik platformasiga aylandi. U umumiy aholisi 1,7 milliard bo'lgan 57 davlatni o'z atrofida birlashtirgan.

Bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan mazkur tashkilot 2011 yilgacha Islom konferentsiyasi tashkiloti deb atalgan. IHT tarkibida to'rtta doimiy qo'mita ishlab turadi, bular Quddus, Axborot va madaniyat masalalari, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha, Ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha qo'mitalardir.

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yarimta olma haqqi

21.07.2025   2467   2 min.
Yarimta olma haqqi

Sobit ibn Ibrohim tahorat ola turib ariqda oqib kelayotgan bir olmaga ko‘zi tushadi va olmani olib yeydi. Olmaning yarmini yeb bo‘lganida, uning haqqi haqida o‘ylab qoladi. Shu xayolda Sobit ibn Ibrohim ariq chetidan yurib olma oqib chiqqan bog‘ga kiradi va bog‘ egasiga:

– Yeb qo‘ygan yarimta olmam uchun haqqingizni halol eting. Qolgan yarmi mana, oling, – deydi.

– Mayli, haqqimni halol etaman, faqat bir shartim bor, – deydi bog‘ egasi yigitning halol, taqvoli ekanini anglab.

– Shartingizni ayting, – deydi Sobit ibn Ibrohim.

Shunda bog‘ egasi:

– Bir qizim bor, uni nikohingga olasan. Lekin rozi bo‘lishingdan avval uning holatidan seni ogoh etishim lozim. Qizimning ko‘zi ojiz, hech narsani ko‘rmaydi, soqov – gapirmaydi va yana qulog‘i eshitmaydi – kar, qimirlamaydi – shol, – deydi.

Bog‘ egasining gaplarini eshitgan Sobit ibn Ibrohim lol bo‘lib qoladi. Yeb qo‘ygan yarimta olmaning haqqidan qo‘rqib, qizga uylanishga rozi bo‘ladi va:

– Mayli, taklifingizni qabul qildim, zora shu bilan Allohning roziligiga erishsam, – deydi.

Ota qiziga oq fotiha beradi. To‘y-tomoshalar o‘tgach, Sobit ibn Ibrohim salom berganicha qizning yoniga kiradi. Qiz salomga alik qaytargancha qo‘li ko‘ksida qulluq qiladi.

Yigit bo‘layotgan ishlardan hayratlanadi: Bu juda g‘alati-ku, soqov emas ekan-da, salomimga javob berdi. Tik turibdi, demak shol ham emas. Qo‘li ko‘ksida, bundan chiqdi ko‘zlari ham ko‘radi”.

Yigit shoshgancha tashqariga chiqadi va qizning otasiga: “Bu menga va’da qilingan qiz emas-ku, ko‘r, soqov, kar va shol deganingizning boisi ne?!” – deydi.

“Nega endi?” – izoh beradi qizning otasi: “Bu o‘sha qiz. Ko‘zi ojiz deganim – uning ko‘zlari Alloh harom qilgan narsaga boqmagan, qulog‘ining karligi – Alloh harom qilgan narsalarga quloq tutmagan, soqovligi ham rost, chunki tili Allohning zikrigagina aylangan, sholligi – yomon ishga yurmagan”.

Sobit ibn Ibrohim birovning haqqidan qo‘rqqanligi evaziga oliy mukofotga erishadi. Vaqt o‘tishi bilan uning ayoli yer yuzini ilm va fiqhga to‘ldirajak bir zotga, buyuk Imom Abu Hanifaga homilador bo‘ladi.